Ana xolos! Janubiy Koreya va Tailandda koronavirus qaytalanmoqda

Ana xolos! Janubiy Koreya va Tailandda koronavirus qaytalanmoqda

Koronavirus yangi shtammi sog‘aygan odamlarda qayta paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar qildi Bloomberg Janubiy Koreyadagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga asosan.

Markazning ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusdan tuzalgan 50 nafardan ortiq kishi qayta test topshirdi va ularda ijobiy natija ko‘rsatdi.

Markaz rahbari Chon In Ken fikriga ko‘ra, katta ehtimollik bilan bemorlar  koronavirusni qayta yuqtirmagan, balki virus "qayta faollashgan".

“Biz ehtimoliy sabab sifatida virus "reaktivasiya"siga katta ahamiyat bermoqdamiz, shuning uchun bu masala bo‘yicha har tomonlama tadqiqot olib bormoqdamiz”, - dedi mutaxassis.

Davolanish paytida bemorda salbiy natija qayd etilgan holatlar bo‘lganligini, ertasi kuni esa ijobiy testlar olgan. Ta’kidlanishicha, agar 24 soat farq bilan o‘tkazilgan ikkita test salbiy bo‘lsa, odam koronavirusdan to‘liq tiklangan deb hisoblanadi.

Janubiy Koreya koronavirus tarqalishi avj olgan ilk davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda 10 ming bemor qayd etilgan, 200 kishi vafot etgan. Epidemiyani to‘xtatish maqsadida Janubiy Koreya hukumati dunyoda eng katta aholini testdan o‘tkazish dasturini o‘tkazdi.

Shuningdek, Tailandda koronavirusni qayta yuqtirish holati qayd etilgani ma’lum bo‘ldi. "Txai Rat" gazetasi tailandlik ayol sog‘ayib, shifoxadan javob olganidan so‘ng qayta koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqida xabar berdi.

Bu ayol xorijdan Tailandga mart oyi boshida qaytgan, 12 mart kuni kasal bo‘ldi va Bangkokda shifokorga murojaat qildi. Uning testi ijobiy natija ko‘rsatdi. Bemor ikki hafta davomida davolandi, uch marta o‘tkazilgan test salbiy natijasidan keyin shifoxonadan javob berildi.

4 aprel kuni ayol shamollash alomatlari bilan shifokorga murojaat etdi. Koronavirusga uch martalik test ijobiy natijani ko‘rsatdi, ayol shifoxonada qayta davolanish uchun yotqizildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!