Ana xolos! Yevropaliklar yuvinishdan qo‘rqqanmi?

Ana xolos! Yevropaliklar yuvinishdan qo‘rqqanmi?

Allohning mo‘min zimmasidagi haqqi yetti kunda barcha a’zosini to‘la yuvib, g‘usl qilishdir. Dinimizda er-xotin munosabatidan keyin, bulg‘anib qolganda ham g‘usl qilish vojib amal hisoblanadi. Mo‘ylovlarni qisqartirish, tirnoq olish, qo‘ltiq va kindik osti mo‘ylarini tozalash, xatna qildirish, misvok tutish kabi ishlar musulmonlarga shart qilib qo‘yilgan.

Og‘iz-tishlarni toza tutishga alohida e’tibor berilgan. Arok daraxtining shoxchalaridan tayyorlangan maxsus tish tozalash vositasi – misvokdan foydalanish sunnatdir. Payg‘ambar alayhissalom: “Tishlaringizni misvok bilan tozalab yuringlar va tozalikka odat qilinglar”, “Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmaganida edi, har namozdan oldin misvok qilishga (ya’ni, tish tozalishga) buyurar edim”, deb ta’lim berganlar. Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu ko‘rsatmalari bejizga bo‘lmagan. Misvok tekshirib ko‘rilganda, unda ko‘plab foydali va xushbo‘y moddalar borligi aniqlandi. Vaholanki, hozirgi zamonaviy tish cho‘tkalari G‘arbda 1806 yildan urfga kira boshlagan.

Musulmonlar kuniga bir necha marta yuvinib, tozalanadilar. Haftasiga albatta hammomda yoki uylarida g‘usl qiladilar. Kiyimlarini, hovli-joylarini, ibodat o‘rinlarini toza tutadilar. Chunki bu – Islomning talabi. Islom esa – tozalik dini, nazofat dini, pokizalik esa – dinning yarmidir.

Musulmonlar tozalik haqida ana shunday bosh qotirib yurishganida, Yevropada kishilar yuvinmasdan, yiliga bir marta paxtani ho‘llab artinishgan, cho‘qintirish paytidagi maxsus “vaftiz” suvining ta’siri ketib qolmasin, deb suvdan seskanishgan. Hattoki, mashhur Versal saroyida umuman hojatxona bo‘lmagan. O‘rta asrlar Fransiyasida saroy va teatrlarning birortasida hojatxona bo‘lmagan bir paytda Istanbulda 1400 ga yaqin shunday joy bo‘lgan.

O‘sha paytlarda Yevropada oqar suvda, hammomlarda yuvinish nimaligini bilishmasdi. Ammo shu davrda Markaziy Osiyoga safar qilgan sayyohlardan biri Samarqand shahriga shunday ta’rif bergandi: “Shaharda karvonsaroylar ikkita, mashhur hammomlar uchta bo‘lgan. Ulardan ikkitasi “Xo‘ja Ahror hammomlari”, uchinchisi esa Hammomi Miriy, deb atalgan”. 1558 yili Buxoroga safar qilgan ingliz sayyohi va tarixchisi Antokiy Jenkinson o‘z xotiralarida shunday deb yozgan: “23 dekabrda Baqtriya yeridagi Buxoro shahriga keldik. Shahar juda katta, uylarning ko‘pi loydan qilingan, ammo shaharda tosh uylar, shohona qurilgan va oltin suvi bilan naqshlangan masjid-madrasalar hamda minoralar ham ko‘p. Ayniqsa, hammomlar shunaqangi ko‘rkam qurilganki, dunyoda bunaqasini uchratmagandim. Ularni ta’riflashga ancha vaqt ketadi”.

O‘n oltinchi asrda Gollandiya elchisi Baron de Busbek Usmoniylar mamlakatiga safaridan so‘ng shunday degan ekan: “E, bu odamlarning kasal bo‘lishi aniq. Baliqlar kabi suvda “shalop-shulup” qilib yuvinishadi. Shunchalar ham ko‘p yuvinish mumkinmi?” Hammomlarni qo‘yaturaylik, Usmonli saltanat shaharlarida bizdagi sardobalarga o‘xshash, har biri san’at darajasiga ko‘tarilgan yuzlab chashmalar (zamonaviy tahoratxonalar) bo‘lgan.

Ibrohim Rafiqning “Tarix shuuri” kitobida yozilishicha, Valiy laqabli Boyazid ikkinchi hukmronligi davrida Istanbulga Maskov knyazining Mixail Plachnet ismli elchisi tashrif buyurgan. Undan yoqimsiz hid anqib turgani sababli uni yuvintirish uchun hammomga olib borishgan. Umrida hammomni ko‘rmagan elchi yuvinishga, ich kiyimlarini almashtirishga ko‘nikolmay, hammomdan qochib chiqqan va tezda Istanbulni tark etgan.

1600 yillarda Ispaniya inkvizisiyasi musulmonlarni ommaviy qirg‘in qilgani tarixdan ma’lum. G‘arb tadqiqotchilarining kundaliklarida yozilishicha, johil hukmdorlar musulmon ispanlarni tozaligiga, qo‘ltiq osti mo‘ylarining olinganiga qarab, nasroniylardan ajratib qatl qilgan ekan.

Musulmonlar nafaqat tozalikda, kiyinish, ovqatlanish madaniyati sohasida ham Yevropaliklarga o‘rnak bo‘lishgan. Birgina ovqatlanish xususida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan o‘nlab hadislar vorid bo‘lgan. U zoti bobarakot ummatni ko‘p taom yeyishdan qaytarganlar. Buning zararlari va oqibatlarini bugungi kunda hozirgi tibbiyot fani ham, odamlar ham yaxshi tushunib qolishdi.

Payg‘ambar alayhissalom kechqurun yotishdan oldin suv va taom solingan idishlar ustini yopishni, siniq, darz, labi uchgan idishlarni ishlatmaslikni buyurganlar. O‘sha joylarda turli zararli narsalar (mikroblar) bo‘lishini hali zarrabin (mikroskop) kashf etilmasdan o‘n to‘rt asr avvaldan ko‘ra bilganlar. U zot ovqat oldidan va keyin qo‘l yuvish, ovqatga puflanmaslik, xotirjam, o‘tirib ovqatlanish, taomni issig‘icha iste’mol qilmaslikka ham targ‘ib qilganlarki, bularning hammasida ham hikmat bor.

Vaholanki, G‘arbda ovqatlanish sohasidagi madaniyat juda orqada edi. Birgina misol keltirib o‘tish kifoya: o‘rta asrlarda Brandenburg shahzodasi aslzodlarni o‘z saroyidagi ziyofatga chorlar ekan, taklifnomaga: “Go‘sht yegandan keyin suyakni orqaga otish yo‘q, yog‘li og‘izni yeng bilan artish yo‘q, tovoqni ko‘tarib, ostiga tupurish yo‘q”, deb izoh yozishga majbur bo‘lgan ekan. Hatto, hozirda G‘arbdagi ko‘pgina o‘lkalarda bo‘lganimizda, Yevropaliklarning jamoat joylarida, hatto, dasturxon ustida bemalol ro‘molchaga burun qoqayotganlarini, hammaning ko‘z o‘ngida tish kavlayotganlarini, ovoz chiqarib, betartib ovqatlanishlarini ko‘rib, hayratimiz oshgandi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ana shularning o‘ziyoq Islom hazorasi G‘arb hazorasidan ancha ilg‘or bo‘lib kelganini isbotlab turibdi.

“Islom hazorasi” kitobidan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

Cho‘ntakka zarba: Go‘sht narxi “uchib ketdi” – O‘zbekistonda mart oyida 9,1% oshdi!

Ўзбекистонда инфляция янада кучайди – йиллик кўрсаткич 10,3% га етди!

Eron oltita davlatni ogohlantirdi

Шунингдек, Эрон қуролли кучлари юқори жанговар шай ҳолатга келтирилди

Krishtianu Ronaldu o‘zining birinchi futbol klubini sotib olmoqchi

Агар "Валенсия" мавсум якунларига кўра Ла Лигани тарк этмаса, харид амалга ошиши мумкин.

TEZKOR AXBOROT: O‘zbekistonning ba’zi hududlarini suv bosishi mumkin

4-7 апрель кунлари ёмғирлар бошланади – сел ҳудудлари эълон қилинди!

Quvayt endi Eronga oshkora va’da berdi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиан чоршанба куни тушда Қувайт амири Наваф Ал-Аҳмад Ал-Жобир Ас-Сабоҳ билан телефон орқали суҳбатлашди

Endilikda 11,25 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalari qat’iy nazoratda bo‘ladi

Бу ҳақда Марказий банк ва Бош прокуратура ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти қарор қабул қилди.

Rossiyaning urush mashinasi tezlashmoqda

Россия ўз ҳарбий салоҳиятини таҳлилчилар башорат қилганидан ҳам тезроқ оширмоқда.

AQSh Rossiyaga "tinchlik uchun" soat qo‘ydi – muddat haftalarda hisoblanadi!

АҚШдан Россияга сўнгги огоҳлантириш: Тинчликка тайёрмисиз ёки...?

Xitoyda 100 tonna tirik timsoh auksionda sotilayapti! Narx va shartlar hushingizni oladi

Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Zelenskiyning asosiy qo‘rquvi oshkor bo‘ldi

Бу ҳақда АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Карен Квятковски маълум қилди , деб ёзади “РИА Новости” .

Rossiya armiyasi hujumga o‘tmoqda

"Оғир шароит, доимий ўт остидан ҳаракат" — Украина ҳарбийлари ҳолатни баён қилмоқда.

AQSh Ukraina chegarasidagi bazani bo‘shatmoqda – bu nima degani?

АҚШ Украинага ҳарбий таъминот етказиб берувчи асосий марказ бўлган Полшанинг Ясенки шаҳридан қўшин ва техникасини олиб чиқишини эълон қилди.

Mehmonlar ustidan pul sochgan kuyov olti oyga qamaldi

Бу ҳақда Le Figaro хабар берди.

Andijon shahar bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘z xonasida psixotrop modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi

ИИВ матбуот котиби Шоҳрух Ғиёсовнинг маълум қилишича, ўтказилган тезкор-қидирув тадбири жараёнида фуқародан жами 0,69 гр гашиш гиёҳванд моддаси олинган.

Toshkent shahrida 1,5 mlrd so‘mlik hujjatsiz elektron tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси (этил спирти, алкоголли маҳсулот ва тамаки маҳсулотини қонунга хилоф равишда муомалага киритиш ёки ишлаб чиқариш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Sergelida ikki yigit o‘z uyida pichoqlanib ketildi

Қайд этилишича, 7 апрель куни гумонланувчи йигит танишининг уйига меҳмонга келади ва улар ўртасида жанжал келиб чиқади.

Dominikan Respublikasidagi klub tomi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 98 kishiga yetdi

Қутқарувчилар ҳанузгача вайроналар остидан одамларни чиқаришда давом этмоқда, жароҳатланган 155 киши касалхонага ётқизилган.

Bundesver qayta qurollanishga tayyorlanmoqda - Bild

Германиянинг сув ости кемалари ишлаб чиқариладиган Thyssenkrupp кемасозлик корхонаси раҳбарияти ишчилар сони 100 кишидан 1600 кишигача кенгайтирилишини эълон қилди.

Tramp Xitoyning javob tariflarini qoidalarni buzish deb atadi

АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойнинг унга нисбатан жорий қилинган тарифларга жавоб чораларини қоидаларни бузиш деб атади. Унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .

AQSh Tehronga qarshi kuch ishlatish imkoniyatidan voz kechishi kerak

Бу ҳақда Ислом Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги раҳбари Аббос Арагчи The Washington Post сайтида чоп этилган мақоласида маълум қилган.

Amnesty International xatarli tendensiya haqida bong urdi

Халқаро ташкилот ўлим жазоси ижроси билан боғлиқ рақамлар бундан ҳам кўп экани, чунки айрим давлатлар статистикани ошкор этмаслигини таъкидлаган.

Tramp o‘zi joriy etgan bojdan 500 mln dollar zarar ko‘rdi

АҚШ президенти Доналд Трамп дунёнинг аксарият мамлакатлари импортига бож солганидан сўнг, унинг шахсий бойлиги 500 млн долларга қисқарди, деб ёзди Forbes.

AQSh Oliy sudi Trampga muhojirlarni deportasiya qilishga ruxsat berdi

АҚШда муҳожирлар хавф остида. Олий суд Трампнинг талабини қондирди.

Dunyo yana xavf ostidami? JSST 'yangi pandemiya' haqida jiddiy ogohlantirdi

"Кейинги пандемия муқаррар!" – ЖССТ огоҳлантируви барчани ҳушёрликка чорлаяпти.

Andijonda “Zil” tormozi ishlamay qolib, uyni buzib yubordi

Вилоят ЙҲХБга кўра, бугун соат 13:10 ларда Асака туманида иккинчи даражали йўлда ҳаракатланаётган “Зил ММЗ” юк машинаси тормоз тизимидаги носозлик сабабли йўл четидаги уйга бориб урилган.

Hindistonlik amaldor Buxorodagi mehmonxonadan o‘lik holda topildi

Расмийларга кўра, 4 апрелдан буён Бухоро шаҳрида бўлган ва юрак хуружидан вафот этганликда гумон қилинмоқда.

Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Шунга кўра, ёнғин-қутқарув экипажлари айтилган манзилга соат 07:47 да етиб бориб, ёнғин соат 07:57 да ўчирилди.

Nigeriya shimolida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda 52 kishi halok bo‘ldi

Плато штати узоқ вақтдан бери деҳқонлар ва чорвадорлар ўртасидаги кескинлик ва даврий тўқнашувлар ҳудуди бўлиб келган.

NATO Xitoyning harbiy salohiyatidan hayratda

Бу ҳақда НАТО бош котиби Марк Рютте Japan Times билан суҳбатда маълум қилди.

Rossiya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Yevropadan kuchliroq bo‘lib qoldi

Россия Украинадаги уруш бошланганидан бери Европадан кучлироқ бўлиб қолди — деб ёзади Германиянинг Die Welt нашри.

Andijonda pul evaziga fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan taksichi qamaldi

Андижон шаҳрида таксичилик қилувчи шахс Россия фуқароси билан тил бириктириб, ўзбекистонликларни Россия-Украина урушига ёллашга уринган.

Ilon Maskning milliarder bo‘lishiga yo‘l ochgan to‘qqizta kitob ro‘yxati e’lon qilindi

Илон Маскнинг миллиардер бўлиши учун таъсир кўрсатган тўққизта китоб эълон қилинди деб хабар бермоқда akpars.ru.портали.

Donald Tramp Xitoyga bir kun muhlat berdi

Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.