Ana xolos! Bosqinchi qizga pichoq tiradi, ammo o‘g‘irlagan pullarini qaytarib berdi (video)

Ana xolos! Bosqinchi qizga pichoq tiradi, ammo o‘g‘irlagan pullarini qaytarib berdi (video)

Xitoylik o‘g‘ri kutilmagan jentlmenlik ka qo‘l urdi.

Quyidagi video ko‘rish mumkinki, Xeyuan shahridagi bankomatlardan birida Li ismli qiz plastik kartasini naqdlashtiradi. Shu paytda esa ortida notanish erkak paydo bo‘ladi va unga pichoq tiraydi. Keyin esa qizning pullarini oladi. Qiz shu paytning o‘zida 2500 yuan (24 ming rubl) pulidan ayrilishi mumkin edi. Lekin...

Bosqinchi yigit kutilmaganda qizning plastik kartasidagi hisobiga qaraydi. Qizning hisobida umuman pul qolmaganligini ko‘rgach, yuzida tabassum bilan pulini qaytarib beradi. Ammo, baribir, bu jentlmenlik uni jazodan qutqarib qololmadi. Notanish bosqinchi tezda qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!