Amerikalik boshlovchi to‘fon vaqtidagi jonli efirda halok bo‘lishiga bir baxya qoldi

Amerikalik boshlovchi to‘fon vaqtidagi jonli efirda halok bo‘lishiga bir baxya qoldi

AQShda ob-havo ma’lumotlari boshlovchisi Jim Kantor jonli efir vaqtida «Maykl» to‘fonining qurboni bo‘lishiga bir bahya qoldi. Erkak Florida shtatidagi Panama-Siti shahrida tomoshabinlarga to‘fon haqida hikoya qilish uchun ko‘chaga chiqqan, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Katorga kuchli shamol va yog‘ingarchilik sababli oyoqda tik turish qiyin bo‘lgan, biroq u jonli efirga chiqqan.

Efir vaqtida kuchli shamol erkakka yog‘och doskani uloqtirgan. Erkak xavfni o‘z vaqtida payqagan va sakrab qolishga ulgurgan.

 

Bir necha soniyadan keyin Kator kadrga qaytgan va bu safar himoya kaskasida ishlashni davom ettirgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!