Alveshning advokati mijozini qamoqdan ozod qilmoqchi

Alveshning advokati mijozini qamoqdan ozod qilmoqchi

"Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi, zo‘rlash ishi bo‘yicha qamalgan Dani Alveshning advokati Kristobal Martell dushanba kuni apellyasiya arizasi berib, futbolchini hibsdan ozod qilishni talab qiladi, deb xabar bermoqda La Vanguardia nashri.

Yanvar oyi boshida polisiyaga 39 yoshli himoyachi haqida ismi oshkor etilmagan ayol xabar bergan. U uni Barselonadagi tungi klubda jinsiy zo‘ravonlikda, shuningdek, zo‘rlashda aybladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!