Allergiya va kononavirusdagi tomoq qichishini qanday farqlasa bo‘ladi?

Allergiya va kononavirusdagi tomoq qichishini qanday farqlasa bo‘ladi?

AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Allergiyasi bor insonlarda ham tomoq qichishi va yo‘talish alomatlari buladi. Koronavirusda ham yo‘talib, qichishish bo‘ladi deb yozilgan. Bahor faslida allergiya kasalligi ham qo‘zg‘alishi mumkinku, farqi nimada, qayerdan bilish mumkin?

Koronavirus infeksiyasining asosiy simptomlari — tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, nafas olishning og‘irlashi, hansirash. Allergik kasalliklar bilan kasallangan bemorlarda tana haroratining ko‘tarilishi BO‘LMAYDI. Baribir har holatda yakuniy tashxis qo‘yish uchun shifokorlarga murojaat qilish va laboratoriya tekshiruvidan o‘tish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!