Aliyev Ozarbayjonning YEOIIga kirish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi

Aliyev Ozarbayjonning YEOIIga kirish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi

Boku Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) qo‘shilish niyatida emas. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bayonot berdi.

"Bizda bunday rejalar yo‘q, ammo bu kelajakda muhokama mavzusi bo‘lishi mumkin emas deb ayta olmaymiz. Hammasi yaqinlashuvdan qanday qo‘shimcha iqtisodiy foyda olishimizga bog‘liq. Agar biz ularni ko‘rsak, qabul qilamiz. Agar yo‘q bo‘lsa, hozirgi hamkorlik darajasi bizni qoniqtiradi”, — dedi Aliyev Bokudagi xalqaro anjumanda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!