Aktyor s’yomka jarayonida vafot etdi

Aktyor s’yomka jarayonida vafot etdi

Hozirda Yaroslavl viloyatida "Smersh" seriali suratga tushirilmoqda. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, ommaviy jang sahnasiga tayyorgarlik paytida favqulodda holat yuz bergan. Aktyorlardan biri boshidan qattiq zarba yegan va vafot etgan.

“50 yoshli bu aktyor ommaviy to‘qnashuv sahnasini suratga olish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik vaqtida boshiga tushgan qattiq zarba sabab vafot etgan", deya qayd etdi Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya tergov qo‘mitasi.

Aktyorning o‘limi sabab jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tasvirga olish guruhi a’zolari bilan tergov ishlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!