“Air Samarkand” kompaniyasining Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlari yo‘lga qo‘yilmoqda

“Air Samarkand” kompaniyasining Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlari yo‘lga qo‘yilmoqda

Joriy yilning 21 martidan “Air Samarkand” kompaniyasining Airbus A321neo samolyotida Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

“Air Samarkand” kompaniyasi axborot xizmatiga ko‘ra, birinchi bosqichda reyslar haftasiga ikki marta, dushanba va payshanba kunlari Istanbulning yirik aeroportiga (IST) amalga oshiriladi.

Ilk muntazam parvozni yo‘lga qo‘yish har qanday aviakompaniya uchun muhim bosqichdir. Jadval asosida parvozlarni amalga oshirayotgan “Air Samarkand” kompaniyasi yo‘lovchilar sayohatlarini samarali rejalashtirish bilan bir qatorda, bortda qulaylik, jahon darajasidagi xizmat va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning qulayligidan bahramand bo‘lish imkoniyatini beradi.

Ushbu yo‘nalishda parvoz qiluvchi samolyot dunyoning yetakchi aviakompaniyalari tomonidan foydalaniladigan zamonaviy va xavfsiz havo kemasidir. Ekspluatasiya davrida “Airbus A321” o‘zining xavfsizligini isbotladi va yo‘lovchilar tomonidan qulayligi e’tirof etiladi. “Air Samarkand” parvoz vaqtida shovqinning eng past darajasini ta’minlaydigan CFM International LEAP-1A so‘nggi avlod dvigatellari bilan jihozlangan “neo” zamonaviy modifikasiyasini taklif etadi. Samolyot 221 ta yo‘lovchilik sig‘imiga ega ekonom-klass o‘rindiqlari bilan jihozlangan salonga ega.

Shuningdek, tez orada “Air Samarkand” Samarqand aholisiga Bosfordagi shaharga sayohat qilish uchun yana bir qulay imkoniyat yaratmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!