Afg‘onistonga munosabat tahdidlar darajasiga bog‘liq bo‘ladi

Afg‘onistonga munosabat tahdidlar darajasiga bog‘liq bo‘ladi

Uchrashuv Tojikiston uchun ham, O‘zbekiston uchun ham, umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim natijalarga ega bo‘ladi.

Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Omar Nessar vaziyatni Kobuldagi siyosiy inqiroz chuqurlashtirishi mumkinligini aytdi. Hozirda vaziyat Afg‘onistondagi prezident saylovlari sababli yetarli darajada keskinlashgan va bundan ko‘plab guruhlar foydalanishi mumkin.

“Afg‘oniston, afsuski, mana ko‘p yillardirki qo‘shni davlatlar tomonidan tahdid o‘chog‘i sifatida qabul qilinmoqda, va bunday xavotirlar asoslidir”, - dedi Omar Nessar Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda.

Shu bilan birga mamlakatlar hamkorlikni davom ettirmoqda va ushbu fakt mavjud bo‘lgan vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

O‘zbekiston, shubhasiz, yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda, biroq boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlaridan farqli o‘laroq o‘z kuchlariga tayanadi. Shunga qaramasdan, respublika Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishga tayyor. Lekin buning hammasi terrorchilik xavfining keyingi darajasiga bog‘liq bo‘ladi, deya xulosa qildi ekspert.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!