Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarilgan sifatsiz benzin Rossiya kompaniyasiga tegishli bo‘lgani aytildi

Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarilgan sifatsiz benzin Rossiya kompaniyasiga tegishli bo‘lgani aytildi

«Tolibon» standartlari milliy boshqarmasi Hayraton portidan hajmi 120 ming litrga yaqin ikkita neft vagonlarini O‘zbekistonga qaytargani haqida xabar berilgandi.

Bojxona qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonga qaytarilgan sifatsiz benzin Rossiya kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

«2024 yil 20 yanvar kuni Rossiyadan (yuk jo‘natuvchi AO Orsknefteorgsintez) Afg‘onistonga (yuk qabul qiluvchi BASHIR NAVID PETROLEUM LTD) yuborilgan 2 ta temiryo‘l sisternalarida 120 tonna «avtomobilniy benzin neetilirovanniy» mahsulotlari Qozog‘istondan Sariyog‘och – Chuqursoy stansiyalari orqali O‘zbekistonga kirib kelgan. Ushbu sisternalar 2024 yil 7 fevral kuni Surxondaryo viloyati Ayritom stansiyasi orqali Afg‘onistonga chiqib ketgan.

Afg‘oniston tomonidan qaytarilgan mazkur neft mahsulotlari 2024 yil 6 aprel kuni Ayritom stansiyasi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan», deyiladi qo‘mita izohida.

Bojxona qo‘mitasi afg‘onistonlik hamkorlarini ikki tomonlama do‘stona munosabatlarni inobatga olgan holda, tekshirilmagan va asossiz xabarlarni shoshmashosharlik bilan tarqatmaslikka chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!