Afg‘onistondagi qurolli hujum oqibatida jarohat olgan o‘zbekistonlik Termizda davolanmoqda

Afg‘onistondagi qurolli hujum oqibatida jarohat olgan o‘zbekistonlik Termizda davolanmoqda

20 avgust kuni Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo‘l qo‘riqchilariga hujum uyushtirilishi oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan, ikki nafar afg‘onistonlik halok bo‘lgan. 

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, hujum oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik – «So‘g‘diyona trans» korxonasining koordinasiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «So‘g‘diyona trans» korxonasi ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan mas’ullar Hayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishganda hujumga uchragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!