Afg‘onistondagi “Pokiston Toliboni” bazalariga hujum davom etadi — Pokiston razvedkasi

Afg‘onistondagi “Pokiston Toliboni” bazalariga hujum davom etadi — Pokiston razvedkasi

Balujiston razvedka vaziri Jon Achakzay Afg‘onistondagi “Pokiston Toliboni” bazalariga qarshi hujumlar davom etishini aytdi. Bu haqda Aamaj News xabar berdi.

Achakzay mamlakat harbiylari tomonidan Afg‘onistondagi “Pokiston Toliboni” bazalariga hujum uyushtirish ehtimolini ta’kidladi. U bu borada Pokiston Afg‘onistonga bosim o‘tkazayotganini aytdi. Pokistonning strategik ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi.

Afg‘on “Tolibon”lari bilan o‘zaro hamkorlik davlatning zaifligini anglatmaydi, balki xayrixohlikni bildiradi, — dedi u.

Balujiston razvedka vaziri, shuningdek, Pokistondagi qasos hujumlari bu mamlakatni Afg‘onistondagi boshqa guruhni qo‘llab-quvvatlash variantini ko‘rib chiqishga majbur qilishini aytdi.

  • 18 mart, dushanba kuni Pokiston armiyasi Afg‘onistonning Xost va Paktika viloyatlaridagi hududlarga zarba berdi.
  • “Tolibon”ning bildirishicha, mazkur hujumlarda 8 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Ammo Pokiston Tashqi ishlar vazirligi hujumlar Pokiston “Toliboni” nishonlariga qaratilganini ta’kidladi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!