Afg‘onistonda ko‘p asrlik adovat tugab, qabilalar sulh tuzdi

Afg‘onistonda ko‘p asrlik adovat tugab, qabilalar sulh tuzdi

Afg‘onistonning Garda Seri, Vaza va Naka tumanlarida bir necha qabilalar o‘rtasidagi 100 yildan ortiq davom etgan adovat yakunlangani Ichki ishlar vazirligi tomonidan rasman e’lon qilindi.

Ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojuddin Haqqoniy, migrasiya vaziri vazifasini bajaruvchi Xalil Rahmon Haqqoniy hamda Zadran qabilasining oqsoqoli Xoj Ibrohimning sa’y-harakatlari bilan tinchlikka erishildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilliklarda bu qabilalar o‘rtasidagi mojarolar 100 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!