Afg‘onistonda aviazarba natijasida 18 nafar “Tolibon” jangarlari yo‘q qilindi

Afg‘onistonda aviazarba natijasida 18 nafar “Tolibon” jangarlari yo‘q qilindi

Afg‘oniston hukumat harbiylari tomonidan Kandagar provinsiyasida amalga oshirilgan aviazarba natijasi kamida 18 nafar “Tolibon” harakatining jangarlari yo‘q qilinib, 11 nafar jangari jarohatlandi. 

“Operasiya chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi amalga oshirildi. Hukumat harbiylari provinsiyadagi ikki tumanga bomba tashlashdi”, - dedi hukumat harbiy idorasi vakili Muxammad Sadek.

Afg‘onistonda hukumat harbiy kuchlari va “Tolibon” harakatining jangarilari o‘rtasida shiddatli kurash ketmoqda.

“Tolibon” bundan avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududni egallagan, endi esa yirik shaharlarga hujumga o‘tdi. Shuningdek, mamlakat hududida “ISHID” terrorchilik uyushmasi ta’siri kuchaydi.

Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari hamkorlikda terrorizmga qarshi  qurashish bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab operasiyalar o‘tkazishmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!