Adliya aralashuvi bilan xodimning xizmat safari xarajatlari qoplab berildi

Adliya aralashuvi bilan xodimning xizmat safari xarajatlari qoplab berildi

Marhamat tuman adliya bo‘limiga tuman Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hodimi T.To‘ychiyeva shikoyat bilan murojaat qilib, 2020 yildagi xizmat safari xarajatlari qoplab berilmayotganligini, ushbu masalada bir necha bor turli idoralarga shikoyat qilsa-da, ijobiy natija bo‘lmayotganligini ma’lum qilgan.

O‘rganishda, T.To‘ychiyeva 2020 yil yanvar-aprel oylarida Toshkent shahar vrachlar malakasini oshirish markaziga malaka oshirish uchun borib kelganligi, uning safar davomida qilgan harajatlarini ish beruvchi tomonidan to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 166-moddasida ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, rasionalizatorlik takliflarini joriy etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va boshqa hollarda) maqsadida xodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek ana shu davr uchun to‘lanadigan kafolatli to‘lovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qo‘yiladi, lekin bu to‘lov miqdori o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerakligi belgilangan.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritish yo‘li bilan T.To‘ychiyevaning xizmat safari davomida qilgan harajatlari uchun 3.412.000 so‘m pullar to‘lab berilishi ta’minlandi.

Adliya aralashuvi bilan xodimning xizmat safari xarajatlari qoplab berildi


Marhamat tuman adliya bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!