Abening Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzishga nima xalaqit berganligini ma’lum qildi

Abening Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzishga nima xalaqit berganligini ma’lum qildi

Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Tokio va Moskva 2018 yilda tinchlik shartnomasiga juda yaqin bo‘lganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Nikkei” gazetasi.

Sobiq bosh vazirning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2016 yil dekabr oyidagi Yaponiyaga tashrifi chog‘ida ushbu masalani zudlik bilan hal qilmoqchi bo‘lgan. Bitimni tuzilishiga "eng yaqin" bo‘lgan payt esa ikki mamlakat rahbarlarining 2018 yil noyabr oyida Singapurda bo‘lib o‘tgan uchrashuviga to‘g‘ri kelgan.

Biroq, Abening so‘zlariga ko‘ra, bunga Rossiya va AQSh o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi to‘sqinlik qilgan.

“Rossiya-Amerika munosabatlarining keskinlashishiga esa Rossiyaning Qrim bilan birlashishi ta’sir ko‘rsatdi”, deb hisoblamoqda sobiq bosh vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!