Abdulla Aripov O‘zbekistonda yangi aviakompaniya yaratilishini ma’lum qildi

Abdulla Aripov O‘zbekistonda yangi aviakompaniya yaratilishini ma’lum qildi

O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga nomzod Abdulla Aripov 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi yaratilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar berdi.

«Aviasiya sohasida raqobat muhitini yaratish maqsadida joriy yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi», degan Abdulla Aripov 18 yanvar kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi yig‘ilishida

Uning ta’kidlashicha, aviakompaniya avvaliga respublika ichida amaldagidan ancha arzon narxda muntazam aviareyslarni amalga oshiradi.

«Prezidentimiz bu borada hukumatga jiddiy topshiriq berdilar. Bu vazifani 2020 yilda tashkillashtirib, bajaramiz», deydi Abdulla Aripov.

Shuningdek, hukumat rejasida Samarqand va Termiz aeroportlarini rekonstruksiya qilish hamda amaldagi Uzbekistan Airways avikompaniyasining samolyotlar parkini yangilash ham ko‘zda tutilganini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!