A.Haitov: "O‘zganing maslahatiga muhtoj emasmiz"

A A A
A.Haitov: "O‘zganing maslahatiga muhtoj emasmiz"

So‘nggi ikki-uch kunda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning “O‘zbekistonda o‘zbek tilida ish yuritish tarafdorlari juda oz” degan fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozaraga sabab bo‘lmoqda. Uning da’volarini hammamiz o‘qidik, eshitdik.

M.Zaxarovaning O‘zbekistonda o‘zbek tilida ish yuritish tartibini buzgan mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bo‘yicha bildirgan fikrlari mustaqil, suveren davlatning ichki ishlariga qo‘pol tarzda aralashuvdan boshqa narsa emas. Boshqacha aytganda, uning bu masala bo‘yicha fikr bildirishi umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Nega deganda, istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. Oxirgi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.

O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Qolaversa, xorijiy mamlakatlarda ham tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchayib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qator farmon va qarorlar  esa o‘zbek tili ravnaqiga xizmat qilayotir.

Bu haqda gapirganda keyingi yillarda ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, uning boy xazinasini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida yuzlab bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablari tashkil etilayotganini alohida ta’kidlash joiz.

 Shu o‘rinda bir mulohaza. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun loyihasi shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Loyihada davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.  

Joriy yilning 10 may kuniga qadar regulation.gov.uz portalida muhokama uchun joylashtirilgan qonun loyihasi bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik tomonidan ko‘plab fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi. Bu ham fuqarolarimizning faollashib borayotganidan dalolat, albatta. Ammo ayrim kimsalarning noxolis yondashuvlari kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Bu noxolislik emasmi?

Xo‘sh, M.Zaxarovaning Mustaqil O‘zbekiston qonunlariga aralashishga huquqi bormi? Nega ular bizning qonunlarimizga qiziqib qolishdi? Yoki uni bu gaplarni aytishga kimdir majbur qildimi? Axir boshqa davlatning ichki ishiga bu tarzda aralashish xalqaro huquq normalari va tashqi siyosat prinsiplariga zidku? Nima Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili buni bilmaydimi?

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va partiyaning parlamentdagi fraksiyasi a’zolari mazkur qonun loyihasi bo‘yicha o‘z pozisiyasiga ega. Zero, bugun ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda o‘ta muhim vazifa turibdi. Bu borada kimningdir fikri yoki maslahatiga muhtoj emas.

 

Aktam HAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Spikeri o‘rinbosari,

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Icroil «Qizil to‘y» operasiyasi doirasida 12 daqiqa ichida Eronning harbiy rahbarlarini yo‘q qildi

2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.

Isroil mojarosiga aralashgan uchinchi davlat Eron tomonidan zudlik bilan jazolanadi

Бу ҳақда Ислом Республикаси Миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

O‘zbekiston Boliviyaga mag‘lub bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга қарши имкониятни бой берди.

"Eron bu urushda yolg‘iz emas..."

У Исроилнинг Эрон ядровий ва ҳарбий объектларига қарши давом этаётган операциясини қоралади.

"Shu dam olish kunlari AQSh Eronni keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshlaydi" - manba

Қўшма Штатлар Эронни кенг кўламли бомбардимон қилишни бошлайди.

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph нашрига кўра, Хитой Эронга камида учта юк самолёти жўнатган. Улар мамлакат ҳаво ҳудудига яқинлашганда радарлардан йўқолган. Бундай ҳаракат Исроилнинг ҳужумлари фонида жиддий шубҳалар уйғотмоқда.

Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish shartlarini aytdi

Бу ҳақда Эрон миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

FOTOGALEREYA: Eronning bugungi hujumi Isroilni qay ahvolga soldi?

Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.

Tramp Eronga minnatdorchilik bildirdi

Бу ҳақда Америка етакчиси Truth Social ижтимоий тармоғидаги саҳифасида ёзди.

Toshkentda taniqli bloger o‘z uyida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

Ҳолат юзасидан Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги давлат назорат инспексияси ходимлари томонидан тезкор ўрганиш ишлари олиб борилди

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

АҚШлик олимлар кунига 1-2 финжон қора қаҳва ичиш ҳар қандай сабабдан ўлим хавфини 14 фоизга камайтиришини аниқлади.

Dneprga raketa hujumi: halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда маҳаллий ҳокимиятлар хабар бермоқда.

Aftidan, kelishib olishdi. Ammo hali aniq emas

Исроил кейинги зарбалардан тийилишга ваъда берди.

Isroil tinchlik kelishuviga qaramasdan Eronga zarba berdi

Axios манбасига кўра, бугун Жо Байден Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхудан Эронга ҳужум қилмасликни сўраган. Аммо Нетаньяху фақат зарба масштабини қисқартиришга рози бўлган.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Маълум қилинишича, бу каби хабарлар мутлақо асоссиз, ҳеч қандай ҳақиқатга тўғри келмайди.

Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday?

Эроннинг ядровий иншоотларига зарбалар унинг ядровий дастурини тўхтата олмайди, деди Франция мудофаа вазири Лекорну.

Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazasiga 1 ta raketa uchirgan

"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

Энди "ур ва қоч" даври тугади — агар бундай ҳужумлар яна такрорланса, АҚШнинг Ғарбий Осиёдаги мавжудлиги тезроқ емирилади, дейилади баёнотда.

Eron AQShning Qatar va Iroqdagi bazalariga raketa uchirdi

Шунингдек, Эрон Қўшма Штатларнинг Ироқдаги АҚШ кучларига ҳам ракета зарбалари берди, деб ёзмоқда Clash Report.

Furqat tumanida mahalla raisi hokimning haqorati ortidan vafot etdimi?

Йиғилишда маҳалла раислари зиммасига юклатилган вазифалар ижроси юзасидан топшириқлар берилган.

Zelenskiyni FPV-droni yoki snayper yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lishganmi?

Тергов натижасига кўра, Россия томонидан ёлланган полшалик нафақахўр шахс қўлга олинган

Isroil zarbalari oqibatida Eronda taxminan 500 kishi halok bo‘ldi

“Эрон ҳуқуқ ҳимоячилари” инсон ҳуқуқлари ташкилоти эса ҳалок бўлганлар сонини деярли икки баробар кўпроқ деб баҳоламоқда.

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Фожиа 30 май куни тахминан соат 18.00 да Миробод туманида содир бўлган.

Vashington Erondagi yadroviy ob’ektlar to‘liq yo‘q qilinganiga 100% ishonch hosil qilmagan

Биз Эронда режим алмашишини истамаймиз. Биз бунга уриниб ҳам кўрмаганмиз.

Damashqdagi pravoslav cherkovida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

У черковга кириб, аввал одамларга қарата ўт очган, сўнгра ўзини портлатган

9 yoshli qizini turmushga bermoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Қизча тиббий кўрикдан ўтказилган ва унга нисбатан зўравонлик белгилар топилмаган. Аммо ҳодисанинг аниқ тафсилотлари ҳали ҳам маълум эмас.