60 yildan buyon faqat choy ichib yashagan ayol

60 yildan buyon faqat choy ichib yashagan ayol

Hindistonda mahalliy muxbirlar 15 yoshidan beri hech qanday qattiq oziq-ovqatni iste’mol qilmaydigan 75 yoshli ayolni topishdi. Ta’kidlanishicha, keksa 60 yil davomida faqat choy va suv ichgan ekan.

Sarasvati Bay eng ko‘pi bilan haftada bir marta yumshoq banan yeydi, xolos. Uning aytishicha, u nafaqat go‘sht, balki bir dona bo‘lsa ham guruch yemagan. 15 yoshga qadar ayol oddiy odamlardek kun kechirib, ular kabi ovqat yegan. Ammo keyin noma’lum infeksiyani yuqtirib olganidan so‘ng har qanday qattiq taom oshqozoniga zarar yetkaza boshlagan.

Qattiq taom oshqozoniga salbiy ta’sir qilganidan beri Sarasvati xonim hech qanday ovqat yemagan. Shunga qaramasdan, u ba’zilarga qaraganda tetik hamda sog‘lom ko‘rinadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!