41 yoshli Ibrahimovich A Seriyada rekord qo‘ydi

41 yoshli Ibrahimovich A Seriyada rekord qo‘ydi

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Italiya chempionatining 27-turi doirasidagi "Udineze"ga qarshi uchrashuvda (1:3) penaltidan gol urdi.

Shu tariqa, shved 41 yoshu 166 kunligida A Seriya tarixidagi eng keksa gol muallifiga aylandi. U 41 yoshu 25 kunligida gol urgan "Milan"ning sobiq himoyachisi Alessandro Kostakurtani ortda qoldirdi. Kostakurta 2007 yilda "Udineze" darvozasiga penaltidan gol kiritgandi.

Joriy mavsumda Ibrahimovich hisobida 4ta o‘yin va 1ta gol bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!