26-Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2025» ko‘rgazmasi boshlandi

Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» va Central Asian Expo (CAEx Uzbekistan) ko‘rgazma majmualarida "Qurilish – UzBuild 2025" 26-Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ekspozisiyasini namoyish etishni boshlandi. Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Joriy yilgi UzBuild 2025 ko‘rgazmasida 20 mamlakatdan 400 ga yaqin kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya milliy pavilonlari taqdim etiladi, Rossiya Federasiyasining bir qator hududlari va Ispaniya kompaniyalari jamoaviy tarzda ishtirok etmoqda. Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Afg‘oniston, Xitoy, BAA nufuzli delegasiyalarining tashrif buyurgan.
CAEx da ko‘rgazmaning asosiy ekspozisiyasi – qurilish uskunalari, asboblar, qurilish materiallari, kimyo va elektr mahsulotlar namoyish etilmoqda.
«O‘zekspomarkaz»da UzBuild'ning interyer qismi hamda mebelsozlik va yog‘ochsozlik ko‘rgazmasi joylashgan.
Ko‘rgazmaning ixtisoslashtirilgan bo‘limi «Qurilish texnikasi va texnologiyalari – Build Tech» - qurilish texnikasi, yo‘l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ko‘plab boshqa mahsulotlarning keng tanlovi xam CAEx majmuasining ochiq maydonida namoyish etilayapti.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida 6-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ISSI 2025 o‘z ishini boshladi. Anjumanning bu yilgi mavzusi – “Yangi O‘zbekistonning qurilish salohiyati”. Anjumanda yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari vakillari va yirik xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda. Tadbir nafaqat xorijiy tajriba bilan tanishish, balki qurilish sohasidagi mahalliy loyihalarni potensial investorlar va hamkorlar e’tiboriga yetkazish uchun samarali imkoniyatdir.
Xalqaro anjuman doirasida ko‘rgazma va uning faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlarni yetkazish, shuningdek ko‘rgazma ekspozisiyasi bilan tanishtirish maqsadida OAV vakillari uchun press-turlar ham tashkil etildi.
E’tiborlisi, bu yilgi ko‘rgazmada 100 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda. Jumladan, “ARTON”, “Knauf”, “Ytong” “Imperial”, “VERO”, “EKOKERAMA”, “AWP”, “MaxDecor”, “Akfa”, “Thermo Plus” kabi jahon bozorida o‘z o‘rniga ega milliy brendlar qatnashmoqda.
Ma’lumot uchun, Xalqaro qurilish ko‘rgazmasi UzBuild 2000 yilda tashkil etilgan. Ko‘rgazma boshidanoq asbob-uskunalar, texnologiyalar va qurilish materiallarning eng yangi namunalari bilan tanishish uchun noyob biznes maydon sifatida qurilish sanoatining yetakchi kompaniyalarining e’tiborini o‘ziga tortdi. Qayd etish kerakki, qisqa vaqt ichida UzBuild O‘zbekistonda qurilish sanoatining asosiy tadbiriga aylandi. Shu vaqt ichida ko‘rgazmada 45 mamlakatdan 3 953 ta kompaniya ishtirok etdi. UzBuild tufayli O‘zbekistonga qurilish sanoati bo‘yicha ko‘plab investisiyalar va texnologiyalar jalb qilindi, mahalliy eksportchilar yangi bozorlar va xorijiy hamkorlarni topdilar. Tadbir o‘z qamrovi bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yagona sanaladi.
«Qurilish – UzBuild 2025» ko‘rgazmasi O‘zbekiston qurilish sanoatining yetakchi vakillarini jamlaydigan qurilish sohasidagi eng yirik ko‘rgazma tadbiridir.
Eslatib utamiz, UzBuild ko‘rgazmasi va anjumanga tashrif buyurish uchun www.uzbuild.uz saytida onlayn registrasiyadan o‘tish kerak.
Xalqaro ko‘rgazma 27 fevralga qadar davom etadi.