22 yillik mantiqsiz urush. AQShning Vyetnamda yo‘qotganlari haqida

22 yillik mantiqsiz urush. AQShning Vyetnamda yo‘qotganlari haqida

Vyetnamdagi urushda 2,6 million amerikalik harbiy qatnashadi, bu urush uchun AQSh 352 milliard dollar sarflaydi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR va AQSh dunyoning ikkita eng qudratli davlati bo‘lib qoladi. Urush tugagach g‘olib sifatida SSSRning obro‘si nihoyatda oshib ketadi va bu ittifoqqa dunyoda sosializm g‘oyasini kengroq yoyishga yordam beradi. O‘z o‘rnida AQSh ham qarab turmaydi va beg‘araz yordam, imtiyozli qarz berish evaziga do‘st orttiradi.

Ikki bir-biriga teskari g‘oyadan birini qabul qilish qiyin bo‘lgan mamlakatlarda AQSh va SSSR pachakilashib o‘tirmay butun boshli davlatni ikkiga bo‘lib bo‘lib olishardi. Masalan, Koreya yarimoroli va Germaniyada shunday bo‘lgandi.

Germaniyada GFR AQSh va G‘arb dunyosining, GDR esa SSSR ta’sir doirasiga tushgan bo‘lsa, Koreya yarimorolida Janubiy Koreya G‘arb bilan, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya) esa sosializm yo‘lidan ketadi. Kunlarning birida navbat Vyetnamga keladi...

Vyetnamni Ikkinchi jahon urushi vaqtida Yaponiya bosib olgan, ungacha esa Janubiy-sharqiy Osiyodagi ushbu mamlakat Fransiya mustamlakasi edi. Yaponiya Vyetnamni bosib olgach, nguyenlar sulolasining so‘nggi imperatori Bao Day-de mamlakatning «qo‘g‘irchoq rahbari» etib tayinlanadi.

1945 yil 13 avgustida yaponlar Vyetnamdan quviladi. Kommunistik partiya rahnamosi Xo Shi Min vaqtinchalik davlat rahbari etib saylanadi.
U Vyetnam urushi davom etayotgan vaqtda, 1969 yil sentyabrida 80 yoshida o‘z ajali bilan vafot etgan

Mamlakatda boshlangan inqilob natijasida bosqinchilar quviladi, Bao Day-dening hukmronligi tugatiladi. 1945 yil 2 sentyabrida Xo Shi Min 500 ming namoyishchi oldida mustaqillik deklarasiyasi va Vyetnam Demokratik Respublikasi tuzilganini e’lon qiladi. 1946 yilda VDR Milliy yig‘ini tomonidan mamlakat konstitusiyasi qabul qilinadi.

1946 yil Vyetnam shimolini AQSh ko‘magiga tayanadigan xitoylik sarkarda Chan Kayshi, janubini esa VDRni tan olmagan Britaniya qo‘shinlari egallab oladi. Bu tomonda Fransiya ham o‘zining sobiq mustamlakasi Vyetnamdan umidini uzmagandi. Ana shunday holatda chorasiz qolgan Xo Shi Min Fransiya bilan kelishuvga erishadi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Vyetnam mustaqillikdan voz kechadi va unga Fransiya tarkibida kengaytirilgan muxtoriyat beriladi.

O‘sha paytda bu kelishuv amalga oshmaydi va urushdan qochishning iloji bo‘lmay qoladi. Xo Shi Min fransuzlar bilan kelishuvga erishgan bo‘lsada, Vyetnamda Fransiyaga qarshi ko‘plab guruhlarni birlashtirgan «Vyetnam milliy ittifoqi» ham tuzilgan edi.

Sakkiz yillik urush

1946 yil noyabrida butun Hindixitoyda fransuzlarga qarshi sakkiz yillik urush boshlanadi. AQSh bu urushda Fransiyaga yordam beradi. 1951 yilda VDP «Vyetnam mehnatkashlar partiyasi» deb qayta nomlanadi.

Urushni to‘xtata olmagan sulh

1954 yil Hindixitoyda tinchlik o‘rnatish uchun Jeneva kelishuvi imzolanadi. Kelishuvga ko‘ra, Fransiya Vyetnam, Kamboja va Laosni mustaqil davlatlar sifatida tan olishi va bu davlatlarda demokratik saylovlar o‘tkazilishi belgilanishi kerak edi. Fransiya Jeneva shartlarini bajaradi, ammo bu ham Hindixitoyga tinchlik olib kelmaydi. Saylovgacha Vyetnam Benxay daryosidan ikkiga bo‘linadi.

Mamlakat shimolida saylovlar o‘tkaziladi va u yerda kommunistlar g‘alaba qozonishadi. Keyinroq Shimoliy Vyetnam sosializm yo‘lidan ketishini e’lon qiladi va SSSR bilan yaqin munosabatlar o‘rnata boshlaydi. Janubiy Vyetnamda esa saylov o‘tkazilishiga xalaqit berishadi, AQSh yordamida bu yerda Vyetnam Respublikasi tuziladi. Uning rahbari Ngo Din Zyem bo‘ladi.

1955 yil 16 iyulida Zyem Janubiy Vyetnamda saylov o‘tkazilmasligini va antikommunistik tuzum o‘rnatilishini malum qiladi.

Xitoy va SSSR yordami bilan mamlakat shimolida kommunistlar tomonidan Vyetnam Demokratik Respublikasi tuzilgani qayta e’lon qilinadi. Xo Shi Min unga rahbar bo‘ladi.

1959 yilda VDR mamlakat janubini kuch bilan bosib olish uchun harakat boshlaydi. 1960 yilda Zyem boshqaruviga qarshi va kommunistlarga xayrixoh guruhlar janubda «Janubiy Vyetnamni ozod qilish milliy fronti»ni tuzishadi.

AQSh Janubiy Vyetnam tomonda

1961 yil Janubiy Vyetnamga AQSh qurolli kuchlariga tegishli ikkita vertolyot rotasi kiritiladi. Shundan so‘ng Janubiy Vyetnam armiyasiga harbiy ta’lim berish uchun AQShdan ko‘plab harbiy mutaxassislar yuboriladi.

O‘sha paytda Kennedi administrasiyasi Janubiy Vyetnamdagi ittifoqchilarni «kommunistlar agressiyasidan saqlab qolish uchun» AQSh barcha choralarni ko‘rishi haqida bayonot beradi. Shu tariqa,butun dunyo AQShning Vyetnamdagi harbiy harakatlarda ishtirok etayotganidan xabar topadi.

1963 yilda AQSh hukumati Janubiy Vyetnamda Zyemga qarshi davlat to‘ntarishiga hozirlik ko‘rilayotgani haqida xabar topadi va to‘ntarish tashkilotchilari bilan aloqa bog‘laydi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, to‘ntarish sodir etiladi va Ngo Din Zyem qo‘lga olinib, ertasi kuni akasi bilan birga qatl etiladi. Zyemning o‘rniga kelgan harbiy xunta siyosiy tarafdan juda kuchsiz ekani va mamlakatni boshqara olmasligi ma’lum bo‘ladi. Buning natijasida partizanlar yanada ko‘proq hududlarni o‘z nazoratiga olishadi. AQSh Janubiy Vyetnam armiyasiga yordam tariqasida tobora ko‘proq harbiylarini kirita boshlaydi.

Janubiy Vyetnamni qo‘lga kiritib, mamlakatni yaxlit kommunistik davlatga aylantirishni reja qilgan shimolliklar ham qarab turishmaydi va 1964 yil janubga 24 minglik qo‘shin kiritiladi. O‘sha yili Tonkin ko‘rfazida AQSh esminesi bilan Shimoliy Vyetnamga tegishli katerlar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Qiruvchi samolyotlar yordamga kelgach, esmines katerlarni chekinishga majbur qiladi.

Bu orada 1964 yil noyabrda Lindon Jonson AQShning 36-prezidenti etib saylanadi (1963 yil Jon Kennedi o‘ldirilgandi). AQSh Kongressi yangi saylanadigan prezidentga lozim bo‘lganda Janubiy-sharqiy Osiyoda harbiy kuch ishlatish huquqini beradi.

Bu paytga kelib, Janubiy Vyetnamda holat AQSh uchun tobora yomonlashayotgandi. Mahalliy harbiylar partizanlar bilan janglarda yengilayotgan va u yerdagi amerikalik harbiylar og‘ir vaziyatda qolayotgandi. 1965 yil 7 fevralda partizanlar AQShning Janubiy Vyetnamdagi harbiy bazasiga hujum qiladi. Bu voqea AQSh Vyetnamga katta qo‘shin olib kiritishi jarayonini tezlashtirib yuboradi. 1965 yil 2 martdan AQSh harbiy samolyotlari Shimoliy Vyetnamni bombardimon qila boshlaydi.

1965 yil 8 mart kuni AQSh uchun muhim bo‘lgan Danang aerodromini himoya qilish uchun ikkita dengiz piyoda qo‘shinlari batalyoni Janubiy Vyetnamga jo‘natiladi. Shu bilan AQSh rasman Vyetnam urushi ishtirokchisiga aylanadi. 1965 yil oxiriga kelib Janubiy Vyetnamda AQShning 185 000 nafar harbiysi bor edi. 1968 yilda esa ularning soni 540 000 nafarga yetadi.

Vyetnam urushi AQSh tarixidagi barcha urushlar orasida eng uzoq vaqt davom etganidir.
Amerikalik harbiylar halok bo‘lishi bo‘yicha Fuqarolar urushi,
Ikkinchi jahon urushi va Birinchi jahon urushidan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turadi.

1965 yildan 1969 yilgacha AQSh harbiylari Janubiy Vyetnamdagi partizan guruhlari va Shimoliy Vyetnam qo‘shinlariga qarshi ko‘plab harbiy amaliyotlarda qatnashadi. Ularning aksariyati muavaffaqiyatsiz tugaydi.

1967-68 yillarga kelib AQShda bu urushga qarshi bo‘lganlar soni sezilarli darajada oshadi.

Urushga qarshi namoyishlarda Jon Lennonning Give Peace a Chance qo‘shig‘i madhiyaga aylanadi.

Qolaversa, urushga sarflanayotgan hisobsiz mablag‘lar AQSh iqtisodiyoti uchun katta zarar keltira boshlaydi. 1968 yil 31 mart kuni prezident Jonson AQSh aholisiga Vyetnamda tinchlik sulhiga erishish uchun muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Bu bayonot Jonsonga xalqning ishonchini qaytara olmaydi va 1968 yil noyabr oyida o‘tkazilgan prezident saylovida u yutqazadi. «Urushni sulh bilan tezroq tugatish» rejasini ilgari surgan Richard Nikson AQShning 37-prezidenti etib saylanadi.

1969 yil iyul oyida AQSh harbiylarini Vyetnamdan bosqichma-bosqich chiqarish ishlari boshlanadi. Vyetnamda qolayotgan AQSh harbiylari esa jangovor harakatlarni davom ettiraveradi. 1971-72 yillarda AQSh harbiylari tomonidan bir nechta yirik harbiy amaliyot o‘tkaziladi, ammo ularning aksariyati muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.

1972 yil 30 mart kuni Shimoliy Vyetnam janubda 125 minglik armiya bilan keng qamrovli harbiy harakatlarni boshlaydi. Janubiy Vyetnam armiyasi AQSh harbiy aviasiyasi yordamida bu hujumni bartaraf etadi. Aynan ana shu yirik harbiy amaliyotdagi muvaffaqiyatsizlik Shimoliy Vyetnam rahbariyatiga AQSh taklif etgan tinchlik sulhi uchun muzokaralar boshlashga turtki bo‘ladi.

«Parij sulhi»

1972 yil oxirigacha Shimoliy Vyetnam bir necha bor sulh muzokaralarini to‘xtatib qo‘yadi. Nihoyat 1973 yil 27 yanvar kuni tomonlar «Parij tinchlik kelishuvi»ni imzolashadi. Aslida, bu bitim imzolangunicha AQSh Janubiy Vyetnamdan qo‘shinlarining asosiy qismini olib chiqib ketib bo‘lgan, «atigi» 24 ming harbiy qolgandi. «Parij sulhi»ga ko‘ra, o‘sha yil 29 martgacha AQSh Janubiy Vyetnamdan barcha harbiylarini olib chiqib ketadi, ammo undan keyin yana ikki yil Janubiy Vyetnamda harbiy harakatlar davom etadi.

1974-75 yillarda Shimoliy Vyetnam armiyasi nochor ahvolda qolgan Janubiy Vyetnam armisini yengib, janubni to‘laligicha egallaydi. 1975 yil mart oyida shimolliklar Janubiy Vyetnam poytaxti Saygon shahrini qo‘lga kiritadi. Poytaxt qo‘ldan ketgach, janubliklar armiyasining besh nafar generali o‘z joniga qasd qiladi.

Kommunistlar Saygondagi mustaqillik saroyiga o‘z bayrog‘ini ilishadi. Shu tariqa urush Shimoliy Vyetnam g‘alabasi bilan tugaydi. Shundan so‘ng shimollik kommunistlar Janubiy Vyetnamda «katta tozalash» ishlarini o‘tkazishadi.

AQSh va Janubiy Vyetnam harbiylari bilan hamkorlik qilganlarning aksariyati «qayta tarbiyalash lagerlari»ga jo‘natiladi. Mamlakatda tinchlik o‘rnatilgach ko‘plab qochoqlar o‘z uylariga qaytib kela boshlaydi.

Vyetnam urushida qatnashgan davlatlar

Vyetnam urushida AQSh harbiylaridan tashqari yana ko‘plab davlat harbiylari qatnashadi. Jumladan, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tailand, Filippin, Tayvan, Yaponiya, Belgiya harbiylari Janubiy Vyetnamga yordam bergan. SSSR, Xitoy, Shimoliy Koreya, Mo‘g‘uliston harbiylari esa Shimoliy Vyetnamni qo‘llagan.

Vyetnam urushida SSSR ishtiroki

1965 yilda SSSR hukumati Vyetnam Demokratik Respublikasiga harbiy-texnikaviy yordam berish haqida qaror qabul qiladi. Vazirlar Kengashi raisi Kosiginning baho berishicha, o‘sha paytda Vyetnamga berilgan yordam miqdori kuniga 1,5 million rublni tashkil etgan. AQSh aviasiyasi va SSSR zenitchilari o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv 1965 yil 24 iyulida sodir bo‘ladi.

Urush tugaguncha SSSR Vyetnamga 95ta zenit-raketalar majmuasi, 7,5 ming dona boshqa turdagi raketalar, 687ta tank, 316ta harbiy samolyot yetkazib beradi.

SSSRning Vyetnamga qilgan yordami rasmiy manbalarda ko‘rsatilgandan ko‘proq bo‘lganini aytiladi. Jumladan, sobiq sovet ofiseri, Turkiston harbiy okrugida xizmat qilgan va sovet armiyasi safida Vyetnam urushida qatnashgan amerikalik jurnalist Mark Shternberg Vyetnam urushida SSSRning to‘rtta aviadiviziyasi qatnashgani haqida yozgandi.

Vyetnam urushidagi harbiy jinoyatlar

Vyetnam urushida barcha tomonlar harbiy jinoyatlarga qo‘l urgan. Har ikki tomon, Shimoliy va Janubiy Vyetnam harbiylari o‘zlarini qo‘llamagan tinch aholi vakilarini, erkaklarni otib tashlagan, ayollarni zo‘rlagan, hatto bolalarni ham ayamagan. Harbiy jinoyatlarni xorijlik harbiylar, shu jumladan, SSSR va AQSh harbiylari, ularning ittifoqchilari ham sodir etadi.

Vyetnam urushidagi yo‘qotishlar

Janubiy Vyetnam tomoni bu urushda 250 ming nafar harbiy  yo‘qotadi. 1 million nafar harbiy yarador bo‘ladi. Shimoliy Vyetnam va uni qo‘llagan janublik partizan guruhlardan bu urushda 1 million nafardan ortiq harbiy halok bo‘ladi, tinch aholi vakillaridan esa jami 2 million nafar odam qurbon bo‘lgan.

Vyetnam urushida AQShning 2,6 million nafar harbiyci ishtirok etib, ulardan 60 ming nafari halok bo‘ladi. Halok bo‘lgan harbiylarning 64 foizi 21 yoshgacha bo‘lgan yigitlar edi. Shuningdek, mazkur urushda 303 ming nafar harbiy yarador bo‘lgan.

1953 yildan 1975 yilgacha AQSh Vyetnamdagi harbiy harakatlarda umumiy hisobda 168 milliard dollar mablag‘ sarflagan. Yana bir manbaga ko‘ra, AQSh bu urushda 352 milliard dollar pul sarflagan, 9 ming samolyot va vertolyotlaridan ayrilgan.

Bugungi AQSH-Vyetnam munosabatlari

AQSh Vyetnamdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketganidan so‘ng, 1975 yilda Vyetnamdan AQSh elchisini quvib yuborishadi. AQSh bu yerdagi elchixonasini yopadi va har ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar uziladi. 1990-yillarda dunyo sahnida ro‘y bergan o‘zgarishlar ortidan har ikki davlat o‘zaro hamkorlikni to‘xtatib qo‘yish ikki taraf uchun ham manfatli emasligini tushunib yetadi va o‘zaro hamkorlikni boshlash haqida muzokaralar o‘tkaza boshlaydi.

1995 yildan boshlab ikki davlat yana qaytadan diplomatik aloqalar o‘rnatadi, o‘zaro hamkorlik qayta tiklanadi. O‘shandan beri ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib kelmoqda. 2015 yil tomonlar diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 20 yilligini tantanali nishonlashadi. Bugungi kunda Vyetnam AQShning muhim savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.

1995 yil, diplomatik aloqalar o‘rnatilgan ilk yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 451 million AQSh dollariga teng bo‘lgan, 2014 yilga kelib bu ko‘rsatkich 35 milliard dollarga yetdi. Bugun amerikalik investorlar Vyetnam bozoriga jadallik bilan investisiya olib kirishda davom etmoqda. Vyetnam esa AQShga ko‘plab iste’mol tovarlarini yetkazib bermoqda.

Bugun, har ikki davlat ham bir paytlar bo‘lib o‘tgan urush haqida eslamaydi. Aksincha, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish payida bo‘ladi.

G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

Agar Ukraina 9 may kuni Moskvaga hujum qilsa, Rossiya Kiyevga “Oreshnik” quroli bilan zarba berishi mumkin

Бу ҳақда Россия оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

“Zudlik bilan tark eting!” — Ukrainada xavfli hududlar bo‘yicha shoshilinch chaqiriq

Украинада эвакуация бошланди. Ҳар куни соат 8:00 да автобуслар кетади.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

Shahboz Sharif Pokistonning g‘alabasini e’lon qildi

Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

Shavkat Mirziyoyev va Putin tik oyoqda suhbatlashdi

Путин ва Мирзиёев қўл сиқишиб, бир-бирини самимий қутладилар. Ўзбекистон Президенти Россия раҳбарини байрам билан табриклади.

Rossiya va Xitoy AQShning “Oltin gumbaz” loyihasiga qarshi chiqdi

Баёнотга кўра, мазкур лойиҳа АҚШни ҳар қандай ракеталар таҳдидидан ҳимоя қилиш мақсадида “ҳеч қандай чегарасиз, глобал, кўп даражали ва кўп соҳали” ПРО (ракеталарга қарши мудофаа) тизимини яратишни кўзда тутади.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov

Жанубий Фарғона канали қирғоғи ўпирилиши оқибатида Булоқбоши туманининг айрим маҳаллаларида сув тошқини юзага келди. Ҳодиса жойига етиб борган Kun.uz мухбири айни манзилда бўлиб турган вилоят ҳокими Шуҳрат Абдураҳмоновдан қисқа изоҳ олди.

Hindiston va Pokiston aviasiya tarixidagi eng yirik jangni o‘tkazdi

Ҳиндистон ва Покистон ўртасида 125 та самолёт иштирокида авиация тарихидаги энг йирик жанг бўлиб ўтди.

Samarqand shahrida gaz chaqnashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Мазкур ҳолат юзасидан дастлабки терговолди суриштирув ишлари олиб борилмоқда.

Nigeriyada 600 000 dan ortiq bola ochlikdan o‘lishi mumkin

Нигерия ҳукумати ва БМТ вакилларининг қўшма баёнотида айтилишича, шимоли-шарқдаги Борно, Адамава ва Йобе (BAY) штатларида террорчилик ҳаракатлари туфайли гуманитар инқироз янада кучайган.

Turkiyada ovqatdan zaharlanish holatlari soni 133 nafarga yetdi

Самсунда овқатдан заҳарланганлар сони 133 нафарга етди.

Hindiston Pokistonga agressiv javob berishini ta’kidladi

Ҳиндистон Покистон билан муносабатлардаги кескинлашувни хохламайди, аммо агар Исломобод томонидан ҳарбий ҳужум қилинса, жуда қаттиқ жавоб беришини билдирди.

Hindiston Pokiston hujum qilganini da’vo qilmoqda

Ҳиндистон ҳарбийларига кўра, Покистон Жамму, Патҳанкот ва Удҳампур вилоятларидаги нишонларга ҳужум қилган.

Turkiyada talabalar orasida ommaviy zaharlanish

Ҳисобот бу ҳақда Ҳабер Глобал телеканалига таяниб хабар берди.

Armanistonda korrupsiyani tergov qilayotgan jurnalist hibsga olindi

Маълумотларга кўра, у бир неча соат олдин қўлга олинган ва ҳозирда полиция ҳибсхонасида. Қайд этилишича, Лилит Агекянга адвокати ва онаси билан учрашишга рухсат берилмаган.

Bill Geyts butun boyligini xayriya ishlariga sarflash rejasini e’lon qildi

Бу ҳақда у шахсий блогида ёзган.

Shimoliy Koreya Kim Chen In boshchiligida raketa mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Бу ҳақда Корея марказий ахборот агентлиги хабар берди.

Tramp badavlat amerikaliklarga soliqlarni 40 foizga oshirishi mumkin

Бу ҳақда Блоомберг хабар берди.

AQSh Yamandagi zarbalar uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

Бу ҳақда NBC News хабар берди.

Buryatiyada o‘rmon yong‘inlari maydoni bir kun ichida ikki baravar ko‘paydi

Бу ҳақда Республика ўрмон хўжалиги агентлиги (РАЛҲ) маълум қилди, деб ёзади “ТАСС”.

Shvesiya shartli ozod qilish qoidalarini qattiqlashtirishi mumkin

Расмийлар ислоҳотни 2026 йил 1 январдан бошлашни режалаштирмоқда, гарчи аввалги ҳукумат комиссияси бундай ўзгаришлар маҳкумларнинг реабилитациясига хавф туғдириши ва ҳар йили 7 миллиард Швеция крони (тахминан 650 миллион доллар)гача қўшимча харажатларга олиб келиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантирса ҳам.

Evropa AQShga qarshi savdo jarima choralarini tayyorlamoqda

Европа Иттифоқи АҚШ президенти Дональд Трампнинг тариф сиёсатини жавобсиз қолдирмаслик учун АҚШ маҳсулотларига янги бож солиқлари жорий этилиши мумкин бўлган товарлар рўйхатини тузди. Бу ҳақда Politico нашри хабар берди.

Namanganda advokatga soqol sababli tahdid qilindi

Наманганда адвокат Б.Болтаевга нисбатан ички ишлар ходими томонидан таҳдид ва босим бўлгани ижтимоий тармоқларда муҳокама марказига айланди, деб ёзмоқда инсон ҳуқуқлари "Эзгулик" жамиятидан З.Мирзахмедов.

Surxondaryoda 633 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари томонидан терговга қадар текширув ишлари олиб борилмоқда.

Garvard AQSh ta’lim vazirining xatosi to‘la maktubiga munosabat bildirdi

Шундан сўнг университет маъмурияти расмий жавоб ўрнига хатни имло ва пунктуация хатолари тузатилган ҳолда вазирга қайтарди.

Parijda avtomobil futbol muxlislariga borib urildi

Ҳодиса нима сабабдан содир бўлгани ҳозирча номаълум.

Telegram’da PUBG akkauntlarini sotishni reklama qilgan fuqaro ushlandi

Маълум қилинишича, оҳангаронлик 20 ёшли йигит ҳудудий ички ишлар бўлимига мурожаат қилиб, Telegram орқали аккаунт сотиб олиш мақсадида номаълум шахснинг банк картасига 9 млн сўм пул ўтказганини айтган.

Hindistonning Pokistonga havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi

Эслатиб ўтамиз, Покистон Ҳиндистоннинг тинч қишлоқлар ва масжидларга берган зарбалари натижасида 26 киши ҳалок бўлганини даъво қилган эди.

Ҳиндистоннинг Покистонга ҳаво ҳужуми оқибатида ҳалок бўлганлар сони 31 кишига етди

Эслатиб ўтамиз, Покистон Ҳиндистоннинг тинч қишлоқлар ва масжидларга берган зарбалари натижасида 26 киши ҳалок бўлганини даъво қилган эди.

Sky News: Сикстин капелласидан қора тутун кўтарилди

Сикстин капелласи мўрисидан чиққан оқ тутун ва қўнғироқлар жаранглаши янги Рим папаси сайланганини билдиради.

Трамп Россияга ҳавас қиларди

Америкалик собиқ разведка ходими Скотт Риттер Х ижтимоий тармоғида АҚШ президенти Доналд Трампни Россияга ҳасад қилишда ва мамлакат Ғалаба кунини нишонлашга эътибор қаратаётганликда айблади.

АҚШ 2025 йил май ойида янги ядровий бомба чиқарилишини эълон қилди

АҚШ 2025 йил май ойида энг янги Б61-13 термоядровий бомбасининг биринчи намуналарини чиқаришни кутмоқда, деди Энергетика департаменти қошидаги Миллий ядро хавфсизлиги бошқармаси директори вазифасини бажарувчи Тереза Роббинс, унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .

ОАВ: Сурия Исроил билан махфий музокаралар ўтказмоқда

Сурия ва Исроил Бирлашган Араб Амирликлари (БАА) томонидан ташкил этилган алоқа канали ёрдамида билвосита музокаралар олиб бормоқда. Бу ҳақда манбаларга таяниб, Reuters хабар берди.

NASA яқин орада Марсга ракета учирмоқчи

Миллий Аэронавтика ва Коинот Бошқармаси (NASA) яқин орада Марсга ракеталарни юбориш имкониятларини кўриб чиқмоқда.

Ғазо учун жанг тугамайди — Ҳусийлар Исроил кемаларига ҳужумни давом эттиради

Ҳусийлар АҚШнинг ўт очишни тўхтатиш ҳақидаги қарорига қарамай, Қизил денгиздаги Исроил кемаларига ҳужумларини давом эттиради.

Эрдўған Туркиянинг Покистон билан бирдамлигини эълон қилди

Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон ва Покистон Бош вазири Шаҳбоз Шариф ўртасида телефон орқали мулоқот бўлиб ўтди.

Трамп 8 майни Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалаба куни деб эълон қилди - Оқ уй

Эълон қилинган ҳужжатда Трамп таъкидлашича, америкалик аскарларнинг қурбонлиги бўлмаганда "бу урушда ғалаба қозонилмас ва бугунги дунёмиз бутунлай бошқача кўринишда бўларди."

Шаҳбоз Шариф Покистоннинг ғалабасини эълон қилди

Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.

Путин Украинадаги уруш сабабини Болгария ва Руминияга юкламоқда

Россия президенти ўз ҳокимиятининг 25 йиллигига бағишланган ҳужжатли фильмда НАТОнинг Руминия ва Болгариядаги Америка ҳарбий базалари мавжудлиги Украинадаги урушга сабаб бўлганини таъкидлади.

Дронлар ҳужуми туфайли Россия аэропортлари вақтинчалик ёпилди, кўлаб рейслар кечиктирилди

“Аэрофлот” 7 май куни Москвадан учадиган 52 та рейсни ва Москвага йўналган яна 54 та рейсни бекор қилди, бу ҳақда компаниянинг онлайн таблосида эълон қилинди.

Ҳиндистон “Синдур” операцияси орқали покистонлик жангариларнинг янги террор ҳужумларини олдини олди

NDTV'нинг хабар беришича, Ҳиндистон “Синдур” операцияси доирасида 25 дақиқа ичида Покистондаги нишонларга 24 та ракета учирган.

АҚШ Қизил денгизда иккита қирувчи самолётини йўқотди

АҚШ Денгиз кучлари маълумотига кўра, барча экипаж аъзолари қутқарилган, бир денгизчи жароҳат олган.

Покистон мудофаа кучлари Ҳиндистоннинг бешта қирувчи самолётини уриб туширди

Хавфсизлик кучларидаги манбаларининг даъво қилишича, гап уч нафар Rafale қирувчи самолёти, битта МиГ-29 ва битта Су-30 қирувчиси ҳақида кетмоқда

Трамп Украинага ёрдамни тўхтатиш бўйича кўрсатма бердими?

Хабар қилинишича, АҚШ президенти Хегсетнинг буйруғидан бехабар бўлган.

Европа Иттифоқи Исроилнинг Ғазодаги янги операциясини қоралайди

Европа Иттифоқи Исроилнинг Ғазодаги ҳарбий амалиётини кенгайтириш режаларидан хавотир билдирди, бироқ Исроил расмийларига босим ўтказиш эҳтимоли ҳақида изоҳ бермади.

Ҳиндистон ва Покистон ўртасида вазият кескинлашмоқда. Қурбонлар сони ортмоқда

Бу ҳақда Reuters агентлиги Покистон Қуролли кучлари матбуот котибига таяниб хабар бермоқда.

Тошкентда ЙТҲ оқибатида Epica автомобили ёниб кетди

Ҳозирда ёнғин сабаби ва келтирилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Ҳиндистон баҳсли Кашмирдан ташқаридаги Покистон шаҳарларига зарба берди

Покистон ҳарбийларининг нашрга маълум қилишича, зарбалар беш аҳоли пунктига — Котли, Аҳмадпур Шарқия, Музаффаробод, Баг ва Муридкега йўналтирилган.