21 mart kuni Polshada AQShning birinchi doimiy harbiy garnizoni ochiladi

21 mart kuni Polshada AQShning birinchi doimiy harbiy garnizoni ochiladi

21 mart, seshanba kuni Polshada AQShning birinchi doimiy harbiy garnizoni ochiladi.

Bu haqda respublika Milliy mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

“21 mart, seshanba kuni Poznan shahrida AQSh qurolli kuchlarining Polsha Respublikasidagi garnizoni ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.

Marosimda Polsha bosh vaziri o‘rinbosari Mariush Blashchak ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!