2023 yilda yagona elektron platforma orqali qabul qilingan 906 ta loyiha talabnomadan 539 tasi (59%) keyingi bosqichlarga tavsiya etilmagan

2023 yilda yagona elektron platforma orqali qabul qilingan 906 ta loyiha talabnomadan 539 tasi (59%) keyingi bosqichlarga tavsiya etilmagan

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Innovasion rivojlanish agentligi axborot xizmati rahbari Hojakbar Karimov ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi:

2023 yilda Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan ilmiy loyihalar tanlovlariga ilmiy-tadqiqot sub’ektlari tomonidan yagona elektron platforma orqali jami 906 ta loyiha talabnomalari qabul qilindi.

Mazkur loyihalarning 59 foizi (539 ta), shundan 29 foizi (264 ta) texnik

va moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza bosqichlarida hamda 30 foizi (270 ta) Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar xulosasiga ko‘ra keyingi bosqichlarga tavsiya etilmadi.

Buning asosiy sabablari, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risida nizom shartlari va talablariga javob bermaganligi va shakllantirilgan loyihalar qo‘yilgan talablarga mos kelmagan. Jumladan,

- talabnomaga ilova qilingan shakllarning to‘liqligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilmaganligi;

- ijrochi tashkilot tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi va loyiha rahbari tomonidan elektron platforma orqali taqdim etmaganligi;

- taqdim etilgan loyihalarning davlat buyurtmasiga mosligi, jumladan loyiha natijasida yakuniy mahsulotni yaratilishiga hamda loyiha natijalarining tijoratlashtirish imkoniyatlarining to‘liq yoritilishiga va ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul va yondashuvlarning aniq belgilanganligi va ilmiy yangiligiga e’tibor qaratilmaganligi;

taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarning mavjudligi va batafsil yoritilmaganligi bois keyingi bosqichlarga tavsiya etilmasdan qolmoqda.

Bu yo‘nalishda olimlar va tegishli soha mutaxassislarga yil davomida

10 dan ortiq seminar va treninglar tashkil etildi. Shuningdek, bundan tashqari fuqarolardan ilmiy loyihalarni shakllantirish bo‘yicha 39 ta murojaat ko‘rib chiqildi hamda murojaat mualliflarining 12 ta murojaati qanoatlantirilib, 27 tasiga tushuntirish berilgan.

O‘tkazilgan tanlovlar natijasiga ko‘ra 2023 yilda g‘olib deb topilgan loyiha ijrochi tashkiloti hamda rahbarlari bilan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 248,3 mlrd so‘m bo‘lgan jami 161 ta loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tasdiqlandi.

Hozirgi kunda, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalarning umumiy qiymati 970,0 mlrd so‘m bo‘lib, 558 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2023 yilda yakunlangan 302 ta ilmiy loyihaning natijasiga ko‘ra, mahalliy darajada yangi mahsulotlar ishlab chiqarish salohiyatiga ega 269 ta loyihalar doirasida chiqindilarni qayta ishlashga asoslangan texnologiyalar, resurslarni tejash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha usul va qurilmalar yaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!