2023 yilda ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha 23,1 mln kub.metr (prognozga nisbatan 89,4%) kon ustini ochish ishlari bajarildi

A A A
2023 yilda ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha 23,1 mln kub.metr (prognozga nisbatan 89,4%) kon ustini ochish ishlari bajarildi

2023 yilda ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha 23,1 mln kub.metr (prognozga nisbatan 89,4%) kon ustini ochish ishlari bajarildi.

AOKAda "O‘zbekko‘mir" AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yildagi faoliyat yakunlari va 2024 yildagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.

🟣Ko‘mir qazib chiqarish 5 836,0 ming tonna yoki prognozga nisbatan 100,6% (5 800,0 ming tonna) bajarildi.

🟣Iste’molchilarga 5 396,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 102,6% (5 257,5 ming tonna) bajarildi.

🟣Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 469,1 mlrd so‘mga bajarilib, rejaga nisbatan 100,0 foizni tashkil qildi.

🟣Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 1 313,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 101,7 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foiz.

🟣2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 750,7 ming tonna, shundan aholiga 1 175,9 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 574,8 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 346,2 ming tonna, (DXSh asosida tadbirkorlik sub’ektlariga 228,6 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2024 yilning 1 yanvar holatiga aholiga 1 mln 102,4 ming tonna (95%), byudjet tashkilotlariga jami 569,4 ming tonna (99%), shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 349,2 ming tonna (100%), davlat xususiy sheriklik (DXSh) asosida isitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik sub’ektlariga 220,2 ming tonna (96%) mahalliy ko‘mir ortib yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!