2021 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarga taksichilik qilishiga ruxsat berilishi mumkin

2021 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarga taksichilik qilishiga ruxsat berilishi mumkin

Prezidentning "Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasiga qo‘yildi.

Unda 2021 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqli (haydovchini hisobga olgan holda) yengil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishi ham ko‘zda tutilgan.  

Bunda o‘zini o‘zi band etuvchi shaxslar yengil avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oshirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni to‘lash bilan bir qatorda jismoniy shaxslardan daromad solig‘i belgilangan to‘lov stavka bo‘yicha olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!