2021 yil 1 fevraldan "svet" faqat oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi

2021 yil 1 fevraldan "svet" faqat oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi

Kelgusi yilning 1 fevralidan boshlab, O‘zbekistonda elektr energiyasi barcha foydalanuvchilar uchun oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining yangi qarori loyihasida aytib o‘tilgan. 

"Belgilab qo‘yilsinki: barcha elektr energiyasi iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib berish faqat oldindan to‘lov asosida amalga oshirilishi shart;”, - deyilgan qaror matnida.

Qarorda iste’molchilarning mulkchilik, idoraviy mansubligidan qat’iy nazar - barchaga, elektr faqat oldindan to‘lov asosida yetkazib berilishi aytib o‘tilgan. 

Faqat, elektr energiyasining uzib qo‘yilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, uzluksiz texnologik jarayonga ega bo‘lgan sanoat korxonalarida elektr energiyasi yetkazib berilishini - avariya bronigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Energetika vazirligi O‘zbekistonda elektr va gaz ta’minosti sohalarida jami 3.5 trillion so‘m miqdori qarzdorliklar vujudga kelganini va unadn 2,4 trillioni aholi qarzi ekanini xabar qilgan edi. 

2021 yil 1 fevraldan "svet" faqat oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!