2020 yilning eng kassabop filmi ma’lum bo‘ldi

2020 yilning eng kassabop filmi ma’lum bo‘ldi

Premyeradan bir oy o‘tib rekord darajada 426 million dollar ishlab olgan  Xitoyning "Sakkiz yuz" kartinasi 2020 yilning eng kassabop filmi deb topildi.

Bu haqda “Comic Book” portali xabar bermoqda.

Filmda 1937 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi urush paytida to‘rt kun davomida Shanxaydagi ombor majmuasini yapon qo‘shinlaridan himoya qilgan bir guruh xitoy askarlari haqida hikoya qilinadi.

Yaratilishi uchun 85 million dollar sarflangan kartina prokatni 445 million dollar foyda bilan yakunlashi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!