2008 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada hibsga olindi

2008 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada hibsga olindi


Irkutskning Oktyabr tuman sudi prokurorning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqdi va qanoatlantirdi. Ayol keyinchalik O‘zbekistonga ekstradisiya qilinishi uchun 40 sutka hibsga olingan.

66 yoshli ayol giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun 2008 yilda xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Ayol Rossiya Federasiyasi hududida yashiringan. U ilgari ham xuddi shunday jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangan, deb xabar beradi Irkutskning Oktyabrskiy tuman sudi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!