20 mart kuni mamlakatimizning aksariyat hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

20 mart kuni mamlakatimizning aksariyat hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 20 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14 daraja sovuq, kunduzi 19-21 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-18 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi tumanlarda kuchli yog‘adi. Qor ko‘chish xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Diqqat, eslatma!

20-22 mart kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududida sel — suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!