18 yoshli bokschi otishma vaqtida halok bo‘ldi

18 yoshli bokschi otishma vaqtida halok bo‘ldi

Britaniyalik bokschi Koul Kershou Beri shahrida otishma paytida halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

18 yoshli sportchi jiddiy jarohati bilan shahardagi kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar Kershouning hayotini saqlab qola olishmadi: yigit bir necha soat o‘tgach vafot etdi.

Ayni damda polisiya tergovni boshladi. Huquqni muhofaza qilish xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, otishma chorshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!