18 may kuni O‘zbekistondagi barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi

18 may kuni O‘zbekistondagi barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi

18 may kuni yurtimiz bo‘ylab barcha muzeylarda Xalqaro muzeylar kuni keng nishonlanadi, barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi, bayram dasturlari va yangi ko‘rgazmalar namoyish etiladi. Bu kunda barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma’lum qildi.

Bugungi kunda Respublika bo‘yicha jami 124 ta muzey va uning filiallari faoliyat yuritib kelmoqda, shundan, 49 tasi asosiy muzeylar, 75 tasi filiallardir. Muzeylarning 7 tasi muzey-qo‘riqxonalar hisoblanadi.

Mohinur Imomovaning ta’kidlashicha, so‘nggi 4 yil davomida respublika bo‘yicha 11 ta yangi muzeylar tashkil etildi. Respublika muzeylari fondlarida jami 2 553 056 ta muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud bo‘lib, shundan 1 928 012 ta asosiy fondda, 625 044 ta ilmiy-yordamchi fonddagi muzey ashyolari va kolleksiyalari hisoblanadi. Muzeylarda saqlanayotgan eksponatlarning 112 mingtasi nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida noyob hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston muzeylari yagona portali yaratilib, hozirgi vaqtda 26 ta muzey to‘g‘risida ma’lumotlar kiritildi. Ayni paytda 12 ta muzeylarning ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Joriy yilning yakuniga qadar 12 ta muzey ma’lumotlari yagona portalga kiritilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahrida joylashgan muzeylarni roundme.com platformasi uchun eng zamonaviy IT texnologiyalaridan foydalangan holda, sifat ko‘rsatkichning yangi standarti – 12 K o‘lchamida 3D formatda tasvirga olish (“Virtual muzey” loyihasi) ishlari olib borildi. 40 ta muzeylarda tasvirga olish ishlari olib borildi hamda dunyoning eng katta platformasi bo‘lgan roundme.com, shuningdek, uzbekistan360.uz hamda vrmuseum.uz (TasIX) ga joylashtirildi.

2022 yildan boshlab respublika muzeylarida tashkil etiladigan ko‘rgazmalar, ko‘chma ko‘rgazmalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, forumlar, konferensiya va seminarlar bo‘yicha kalendar rejalarini tasdiqlash amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, muzeylar faoliyatini baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!