16 aprel - Elektromagnit telegraf kashfiyotchisi tug‘ilgan kun

16 aprel - Elektromagnit telegraf kashfiyotchisi tug‘ilgan kun

Elektromagnit telegraf ixtirochisi Rossiyalik diplomat, kriptograf va sharqshunos olim, Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasi a’zosi Pavel Shilling 1786 yil aynan shu kunda dunyoga kelgan.

U 1832 yil 21 oktyabrda o‘zining "uzoq masofadan turib ogohlantiruvchi qurilmasi", ya’ni dunyodagi birinchi elektromagnit telegrafini taqdim etdi.

Taqdimotga o‘z qiziqishini bildirgan olim va ixtirochilardan tashqari Rossiya imperatori Nikolay I va Imperiya maxfiy polisiyasi rahbari graf Aleksandr Benkendorf ham tashrif buyurgan.

Pavel Shilling elektromagnit telegraf taqdimotida 100 metrdan ortiq masofadan turib, maxsus kod yordamida daqiqasiga 10 ta raqam va harflarni uzata olgan.

Elektromagnit telegrafning ixtiro qilinishi tarixda muhim ahamiyat kasb etib, telegrafda ma’lumot uzatish uchun qo‘llanilgan maxsus kod, bugungi kunda ham kodlash va shifrlashda foydalanib kelinmoqda.

Shuningdek, Shilling telegraf kodi mashhur Rossiyalik matematik V.YA. Bunyakovskiyga ilhom bag‘ishlab, ma’lumotlarni shifrlashning matematik tadqiqotlarini boshlanishiga turtki bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!