14 yoshli o‘quvchi dunyodagi eng bo‘yi baland o‘smir deb topildi

14 yoshli o‘quvchi dunyodagi eng bo‘yi baland o‘smir deb topildi

Xitoylik 14 yoshli maktab o‘quvchisi Ren Keyu dunyodagi eng baland o‘smir sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Guinness World Records saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, uning bo‘yi 221 santimetrni tashkil etadi.

Ginnes rekordlar kitobi huzuridagi qo‘mita ekspertlari oktyabrda o‘smirning bo‘yini bir necha marta o‘lchashgan va rekordni rasman qayd etishgan.

Xabar qilinishicha, Renning darozligi hech qanday kasallik bilan bog‘liq emas. Bu bir necha bor o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida tasdiqlangan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!