12 iyun kuni Yerga yaqin masofadan xavfli asteroid uchib o‘tadi

12 iyun kuni Yerga yaqin masofadan xavfli asteroid uchib o‘tadi

Diametri 500 metrdan oshadigan 1994 XD asteroidi 12 iyun kuni Yerga 3,1 million kilometr masofada yaqinlashadi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi M. V. Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti xabarida aytildi, deya xabar beradi TASS.

«2023 yil 12 iyun kuni Yerga yirik (diametri 500 metrdan ortiq) potensial xavfli asteroid (488453) 1994 XD yaqinlashadi. Asteroid (488453) 1994 XD 3,1 million kilometr masofadan uchib o‘tadi, bu taxminan Oygacha bo‘lgan o‘rtacha masofadan 8 baravar ko‘p», – deyiladi xabarda.

Ob’ekt Kitt-Pik rasadxonasida 1994 yil 1 dekabrda topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!