11 oktyabr kuni Yerga eng yaqin masofada asteroid yaqinlashadi

11 oktyabr kuni  Yerga eng yaqin masofada asteroid yaqinlashadi

NASAning ogohlantirishicha, Giza piramidasi o‘lchamidagi asteroid Yerning yaqinidan o‘tib ketadi. Bu haqida Mirror nashri xabar berdi.

11 oktyabr kuni Yerga yaqinlashadigan «2019 SX5» deb nomlangan asteroid  62x140 diametrli ekanligi aytilmoqda. Kosmik jism taxminan 04:07 larda(juma tongi) Yerga eng yaqin masofaga yaqinlashadi.

Asteroid bu paytda Yerdan 4,2 million mil (6,76 mln km) uzoqlikda bo‘ladi. Bu katta masofa bo‘lsa ham, NASA buni «yaqin yondashuv» deb tasniflaydi.

Tashkilot bayonotiga ko‘ra, hozirda Yer bilan to‘qnashayotgan asteroid yoki kometalar uchramaydi, shuningdek to‘qnashuv ehtimoli unchalik katta emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!