10 va 11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi

10 va 11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi

2019-2020 o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab, tajriba sifatida 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitila boshlanadi. Tajriba sinov 2019-2020 o‘quv yili yakuniga qadar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan 2019-2020 o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalar tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.

Variativ o‘quv rejalarini joriy qilishdan maqsad o‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash va yuqori sinflarda o‘quv jarayonini kasblarga yo‘naltirilgan holda tashkil etishdan iborat.

Ta’kidlash joizki, variativ o‘quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo‘lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o‘qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.

Quyidagi hollarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja joriy qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

— o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalardan norozichilik bo‘lsa;
— umumiy o‘rta ta’lim maktablari variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja asosida o‘qitiladigan sinfga tegishli fandan dars berish uchun yetarli malaka va tajribaga ega o‘qituvchi bilan ta’minlanmagan bo‘lsa.

Tanlov sinfi yo‘nalishi 10, 11 sinflar kesimida o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlanadi. Bunda bir nafar o‘quvchi faqat bitta yo‘nalishni tanlaydi.

O‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish va natijasini umumlashtirish uchun maktabda tanlov komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibiga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, psixolog, fan metod birlashma rahbari va ota-onalar qo‘mitasi raisi kiritiladi. Shu bilan birga, tanlov komissiyasi a’zolari tarkibiga o‘quvchilarning ota-onalari va tegishli yo‘nalishdagi fan o‘qituvchilari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ota-onalar qo‘mitasi raisi va fan metod birlashma rahbari bundan mustasno).

So‘rovnomani o‘tkazish va natijalarini umumlashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida ushbu jarayonlarda maktabning Kuzatuv kengashi a’zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

So‘rovnoma natijasida tegishli tanlov sinfida o‘qishni xohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan oshib ketsa, bunday holda o‘quvchilar maktab tomonidan tashkil etiladigan tegishli fan bo‘yicha sinov natijalari asosida tanlov sinfiga qabul qilinadi.

Agarda tanlov sinfida o‘qishni xohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan ortiq bo‘lmasa, bunday holda o‘quvchilar tanlov sinfiga sinovsiz qabul qilinadi.

Tanlov sinfini tashkil etish uchun quyidagi yo‘nalishlar tavsiya etiladi:

birinchi yo‘nalish: xorijiy til va filologiya yo‘nalishi;

ikkinchi yo‘nalish: moliya – iqtisod yo‘nalishi;

uchinchi yo‘nalish: texnologiya yo‘nalishi;

to‘rtinchi yo‘nalish: tabiiy fanlar yo‘nalishi;

beshinchi yo‘nalish: ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish.

Pedagogika kengashi qarori bilan tasdiqlangan tanlov sinfi yo‘nalishidan kelib chiqib, tegishli fan metodika birlashmasi va direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tanlov sinfining o‘quv rejasi tuziladi.

Tanlov sinfi uchun variativ o‘quv rejani tuzishda 2019-2020 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada 10-11-sinflarga ajratilgan umumiy dars soatlari miqdori asos qilib olinadi. Bunda haftalik umumiy soatlar miqdori 10-sinfda 30 soatni, 11-sinfda 31 soatni tashkil etadi.

Variativ o‘quv rejalarining joriy etilishi natijasida 10 va 11-sinflarda o‘quvchilar o‘qiydigan majburiy fanlar soni 15 tadan 8 taga kamayadi. Mazkur o‘quv rejasini tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonida ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili/rus tili, chet tili, tarix, matematika, informatika, ma’naviyat asoslari (tarbiya), jismoniy tarbiya fanlari majburiy o‘qitiladi.

Mazkur majburiy fanlarga ajratilgan soatlarning miqdori tayanch o‘quv rejada belgilangan miqdordan (10-sinfda jami 19 soatdan, 11-sinfda 19,5 soatdan) kam bo‘lmasligi lozim.

O‘quvchilar tomonidan tanlangan yo‘nalishga oid fanlar tanlov fanlari hisoblanadi. Tanlov sinfida majburiy fanlar bilan birga tanlov fanlari ham o‘qitiladi va tanlov fanlari uchun haftada 10-sinfda jami 11 soat, 11-sinfda 11,5 soat ajratiladi. Tanlov fanlariga 2019-2020 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada 10-11-sinf uchun belgilangan barcha fanlar kiradi.

Majburiy fanlar tanlov fani sifatida ham tanlanishi mumkin. Bunda majburiy fanga tayanch o‘quv rejada ajratilgan soatga qo‘shimcha ravishda tanlov fani uchun ajratilgan soat qo‘shib o‘qitiladi.

Tanlov fanlariga boshqa fanlar hisobidan ajratiladigan qo‘shimcha soatlarni o‘tishda fanlarning bo‘lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, tanlov fani sifatida tanlangan majburiy fanlar: “Chet tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Jismoniy tarbiya”, ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbek tili” hamda ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Rus tili” fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur fanlarga tayanch o‘quv rejada ajratilgan soatlar bundan mustasno).

Tanlov sinfida tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlarni yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli fanlar uchun quyidagicha taqsimlash tavsiya etiladi:

Xorijiy til va filologiya yo‘nalishida: 10-sinfda «Chet tili» fani 5 soat, «Ona tili va adabiyoti» fani 6 soat, 11-sinfda «Chet tili» fani 5,5 soat, «Ona tili va adabiyoti» fani 6 soat o‘qitilishi mumkin;

Moliya – iqtisod yo‘nalishida: 10-sinfda «Matematika» fani 6 soat, «Chet tili» fani 5 soat, 11-sinfda «Matematika» fani 5,5 soat, «Chet tili» fani 6 soat o‘qitilishi mumkin;

Texnologiya yo‘nalishida: 10-sinfda «Matematika» fani 4 soat, «Fizika» fani 7 soat, 11-sinfda «Matematika» fani 4,5 soat, «Fizika» fani 7 soat o‘qitilishi mumkin;

Tabiiy fanlar yo‘nalishida: 10-sinfda «Biologiya» fani 5 soat, «Kimyo» fani 6 soat, 11-sinfda «Biologiya» fani 5,5 soat, «Kimyo» fani 6 soat o‘qitilishi mumkin;

Gumanitar yo‘nalishida: 10-sinfda «Tarix» fani 5 soat, «Ona tili va adabiyoti» fani 6 soat, 11-sinfda «Tarix» fani 5 soat, «Ona tili va adabiyoti» fani 6,5 soat o‘qitilishi mumkin.

Tanlov fani bo‘yicha qo‘shimcha ajratilgan soatlarda quyidagilar amalga oshiriladi:

o‘quvchilarga fanlarni chuqur o‘rgatish va tegishli mavzularga doir qo‘shimcha ma’lumotlar berish;

o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va mavzularni to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;

«Khan Academy O‘zbek – Onlayn ta’lim platformasi» ta’lim resurslaridan foydalanish;

qo‘shimcha adabiyotlardan misol va masalalar, testlar (DTM saytidagi namunaviy testlar) yechish;

oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini jalb qilish;

o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlash.

Tanlov fanlarini chuqur o‘rgatishda darsliklardan tashqari, qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalanish mumkin. Bunda mualliflik o‘quv dasturlaridan amaliyotda foydalanishga Respublika ta’lim markazi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan taqdirda ruxsat etiladi.

«Variativ o‘quv rejalari hozirda tajriba sifatida joriy etilmoqda. Yangi tizim o‘quvchilarga maktabning o‘zida oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihoniga tayyorlanishi uchun imkoniyat yaratib, repetitorga ehtiyojini kamaytiradi. Shuningdek, o‘quvchilarning vaqti tejaladi. Natijada, ota-onalarning repetitorga sarflayotgan mablag‘i tejalib, kam ta’minlangan oila farzandlari uchun ham OTMga bepul tayyorgarlik ko‘rishga imkon yaratiladi», — dedi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Agar Ukraina 9 may kuni Moskvaga hujum qilsa, Rossiya Kiyevga “Oreshnik” quroli bilan zarba berishi mumkin

Бу ҳақда Россия оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Shahboz Sharif Pokistonning g‘alabasini e’lon qildi

Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

“Zudlik bilan tark eting!” — Ukrainada xavfli hududlar bo‘yicha shoshilinch chaqiriq

Украинада эвакуация бошланди. Ҳар куни соат 8:00 да автобуслар кетади.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

Van Damm Putinga murojaat qildi

Унинг мурожаати видеосини украиналик журналист Диана Панченко ўзининг Телеграм-каналида жойлаштирган.

"Real"da kutilmagan qaror! Anchelotti "Barsa"ga qarshi Arda Gyulerni asosiy tarkibda tushiradi

Мадриднинг "Реал" клуби якшанба куни Ла Лига 35-турида "Барселона" меҳмони бўлади.

Ukrainaliklar rossiyaliklarga qarshi muhim jangda g‘alaba qozondi

Украина Қуролли Кучлари Харков вилоятидаги Липси қишлоғи атрофидаги позициялари устидан назоратни қайта ўрнатди ва "Берлин" номи билан танилган ўрмон ҳудудини Россия кучларидан озод қилди.

Rossiya yulduzi O‘zbekiston termasiga o‘tdi

Каноэ слалом бўйича Россия терма жамоаси етакчиси Павел Эйгел спорт фуқаролигини ўзгартирди.

Rossiya S-300/400 maketlari bilan dunyo ko‘zini aldamoqda!

Россия Қуролли Кучлари Узоқ Шарқда ҳаво мудофааси даражасини сақлаб қолгандек кўриниш учун С-300/400 зенит-ракета комплексларининг макетларини ўрнатмоқда.

Lukashenko Moskvadan iloji boricha tezroq jo‘nab ketdi

Ҳукумат кортежининг Кремлдан Внуковогача етиб бориши тахминан 15-25 дақиқа вақт олади. Улар орасидаги масофа тахминан 37 километрни ташкил этади.

Pokiston mudofaa vaziri: Hindiston bilan keng ko‘lamli urush boshlashdan boshqa ilojimiz yo‘q

Покистоннинг Ҳиндистонга қарши кенг кўламли уруш бошлашдан бошқа чораси қолмади. Report хабарига кўра, бу ҳақда Покистон мудофаа вазири Хаважа Муҳаммад Асиф маълум қилган.

Tramp Rossiya va Ukrainaga murojaat qilmoqda

Россия ва Украина Украина можаросига барҳам бериш учун ҳаракат қилиши керак.

Pokiston hujumi oqibatida Jammu va Kashmirda besh kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ҳиндистоннинг PTI агентлиги маҳаллий ҳокимиятга таяниб хабар берди.

Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiyani boshladi

Покистоннинг Geo TV телеканали мамлакат хавфсизлик идораларидаги манбаларига таяниб, Ҳиндистонга қарши «Банбян-ул-Марсус» («Мустаҳкам девор») номли йирик ҳарбий операция бошланганини маълум қилди.

AQSh chegarasini kesib o‘tishga uringan to‘rt o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

АҚШ Ҳаво ва денгиз операциялари (АМО) чоршанба куни Виэкес оролига киришга уринган тўрт нафар ўзбекистонликни қўлга олди.

Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiya boshlaganini e’lon qildi — OAV

Покистон “Банбян-ул-Марсус” (“Мустаҳкам девор”) номли йирик ҳарбий операцияни бошлади, деб хабар бермоқда Покистоннинг Geo TV телеканали хавфсизлик идораларидаги манбаларига таяниб.

Evropa Ittifoqi Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini oshkor qildi

Бу ҳақда Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кажа Калласга таяниб, “РИА Новости” хабар бермоқда.

Pokiston havo hududini vaqtincha yopadi

Бу ҳақда Покистон аэропортлар бошқармасига хабар берди .

Hindiston zaxira kuchlarini xizmatga chaqira boshladi

Ҳиндистон ҳукумати армия бошлиғига кўнгилли захира кучларини, ҳудудий армияни Ҳиндистон Қуролли Кучларига ёрдам бериш учун чақиришга рухсат берди. Бу ҳақда PTI агентлиги хабар берди.

Tramp Pekinni Xitoy bozorlarini Amerika tovarlari uchun ochishga chaqirmoqda

АҚШ президенти Доналд Трамп Хитой ўз бозорларини Америка маҳсулотларига очиши кераклигини айтиб, бу Хитойнинг ўзи учун фойдали бўлишини таъкидлади.

Vengriya qo‘shinlari kirishi uchun tayyorgarlik? Ukrainada ayg‘oqchilik tarmog‘i fosh qilindi

Венгрия разведкаси Закарпатеда аҳолининг, агар Венгрия Қуролли Кучлари минтақага кириб келса, қандай муносабатда бўлиши ҳақида маълумот тўплаган.

Estoniyaning Rossiya bilan chegarada joylashgan Narva shahrida, Putin Gitler qiyofasida tasvirlagan banner ilindi — “Meduza”

“Putler War Criminal” (“Путлер ҳарбий жиноятчи") деган ёзув туширилган баннер Нарва музейи жойлашган тарихий қаср деворига жойлаштирилди.

Mers Rossiyaga ogohlantirish yubordi

Агар тинчлик музокараси бўлмаса...

Samarqand shahrida gaz chaqnashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Мазкур ҳолат юзасидан дастлабки терговолди суриштирув ишлари олиб борилмоқда.

Nigeriyada 600 000 dan ortiq bola ochlikdan o‘lishi mumkin

Нигерия ҳукумати ва БМТ вакилларининг қўшма баёнотида айтилишича, шимоли-шарқдаги Борно, Адамава ва Йобе (BAY) штатларида террорчилик ҳаракатлари туфайли гуманитар инқироз янада кучайган.

Turkiyada ovqatdan zaharlanish holatlari soni 133 nafarga yetdi

Самсунда овқатдан заҳарланганлар сони 133 нафарга етди.

Hindiston Pokistonga agressiv javob berishini ta’kidladi

Ҳиндистон Покистон билан муносабатлардаги кескинлашувни хохламайди, аммо агар Исломобод томонидан ҳарбий ҳужум қилинса, жуда қаттиқ жавоб беришини билдирди.

Hindiston Pokiston hujum qilganini da’vo qilmoqda

Ҳиндистон ҳарбийларига кўра, Покистон Жамму, Патҳанкот ва Удҳампур вилоятларидаги нишонларга ҳужум қилган.

Turkiyada talabalar orasida ommaviy zaharlanish

Ҳисобот бу ҳақда Ҳабер Глобал телеканалига таяниб хабар берди.

Armanistonda korrupsiyani tergov qilayotgan jurnalist hibsga olindi

Маълумотларга кўра, у бир неча соат олдин қўлга олинган ва ҳозирда полиция ҳибсхонасида. Қайд этилишича, Лилит Агекянга адвокати ва онаси билан учрашишга рухсат берилмаган.