1–19 mart kunlari Xalqaro balet festivali bo‘lib o‘tadi

1–19 mart kunlari Xalqaro balet festivali bo‘lib o‘tadi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrida 2023 yilning 1–19 mart kunlari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Xalqaro balet festivali bo‘lib o‘tadi. Mazkur nafis raqs shodiyonasining keng miqyosli dasturlari doirasida turli mamlakat va balet maktablarining mashhur sahna asarlari namoyish etiladi.

Ular orasida «Jungli kitobi yangi ijroda» baleti Akram Xon (Buyuk Britaniya)ning sahnalashtiruvchi rejissyorligida, bosh qarorgohi Lozanna (Shveysariya)da joylashgan Moris Bejar baleti, Boris Eyfman teatri (Rossiya) rahbarligidagi «Pigmalion aks ta’siri» va «Evgeniy Onegin» spektakllari, shuningdek, «Ipak yo‘li» hamda «Lazgi – muhabbat va qalb raqsi» milliy baleti (O‘zbekiston) tomoshalarining ijro etilishi kutilmoqda.

Chiptalar tez orada iticket.uz saytida


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!