"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun qaydnomasini e’lon qildi

Madridning "Real" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun qaydnmasini e’lon qildi.
Madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaga 34 nafar futbolchini jalb qilgan.
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Fran Gonsales, Serxio Mestre;
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, David Alaba, Trent Aleksander-Arnold, Lukas Vaskes, Fran Garsiya, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi, Din Xeysen, Xakobo Ramon, Yussef Enrikes, Raul Asensio, Xesus Fortea, Diyego Aguado;
Yarim himoyachilar: Djud Bellingem, Eduardo Kamavinga, Federiko Valverde, Luka Modrich, Orelyen Tchuameni, Arda Gyuler, Dani Sebalyos, Mario Martin, Chema Andres;
Hujumchilar: Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Rodrigo, Endrik, Braim Dias, Gonsalo Garsiya, Viktor Munyos.
Madridning "Real" klubi 18 iyun kuni "Al-Hilol"ga qarshi o‘ynaydi. Shuningdek, guruh bosqichida "Pachuka" va "Zalsburg" bilan o‘ynaydi.