Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi maktab o‘qituvchisi imtihon javoblarini o‘quvchilarga sotayotgani aytilgan videotasvir tarqalgan edi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan dastlabki rasmiy munosabat berildi.
Aniqlanishicha, Ko‘kdala tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi «Ona tili va adabiyoti» fani o‘qituvchisi Q.I. 2025 yil 28 may kuni o‘z fanidan Davlat imtihoni boshlanishidan oldin shu maktabning 11-sinf bitiruvchilariga imtihon savollarining javoblarini nusxasini chiqarganini, o‘quvchilarga ko‘rgazma sifatida ko‘rsatib o‘quvchilar imtihondan oldin bilimlarini mustahkamlash uchun imtihonga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rish va bilimlari mustahkamlashi uchun tavsiya qilgan.
U, shuningdek, bu javoblarni kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchidan sotishga berilganligini aytib, agar xohlovchilar bo‘lsa 5 ming so‘mdan sotib olishlari mumkinligini aytgan.
Holat yuzasidan viloyat boshqarmasi tomonidan maktab direktoriga ta’sir chorasi qo‘llanilgan va o‘zboshimchalik bilan ish tutgan fan o‘qituvchisi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.