Ukraina

Kafe ustiga daraxt qulab tushdi (VIDEO)

Poltavadagi kafe ustiga daraxt qulab tushdi. Bu hodisa sodir bo‘lishidan bir necha soniya oldin kafega tashrif buyuruvchilar yozgi terassadan binoga ko‘chib o‘tdilar.

Putin Ukrainaga hujum qilsa, dastlab qaysi shaharni bosib olishi aytildi

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi sodir bo‘lgan taqdirda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning birinchi nishoni Mariupol bo‘ladi.

Rossiyalik aktrisa Ukrainaga kiritilmadi. Unga 3 yillik ta’qiq qo‘yildi

Ukraina chegarachilari rossiyalik aktrisaning Qrimga tashrif buyurganligi sababli mamlakatga kirishiga ruxsat bermadi.

Ukrainalik model turkiyalik yigiti bilan janjallashib qoldi va halok bo‘ldi

Ukrainalik model turkiyalik sevgilisi bilan janjallashib qoldi va Istanbulda vafot etdi. Bu haqda "Strana.ua" nashri yozmoqda.

Ukrainadagi poyezdda erkak kishi vafot etdi

Raxiv-Kiyev yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi poyezd yo‘lovchisi yuqori qavatdan yiqilib tushganidan bir necha soat o‘tgach vafot etdi, deb xabar beradi Ukraina temir yo‘llari ("Ukrzaliznisya") kompaniyasi.

Bayden va Zelenskiy qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Iyul oyi oxirida Vashingtonda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Amerika rahbari Jo Bayden o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba aytib o‘tdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Supermarket yonidagi janjal: 29 yoshli yigit granata uloqtirdi

29 yoshli ukrainalik yigit Xarkovdagi supermarket yonida bir guruh yoshlar bilan janjallashib qoldi. So‘ng ularga qarshi jangovar granata uloqtirgandan so‘ng, besh kishi jarohat oldi.

Ukraina Lukashenkoga qarshi jinoiy ish ochadi, agar...

Ukraina Lukashenko LXR (Lugansk xalq respublikasi) vakillariga Roman Protasevich bilan uchrashishga ruxsat bergan taqdirda unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishga tayyor, deb yozdi deputat Oleksiy Goncharenko o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

AQSh Ukrainaga katta miqdorda vaksina yuboradi

AQSh va Ukraina prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy Vashingtonning Kiyevga 900 ming dozali koronavirus vaksinasini yetkazib berish rejalarini telefon orqali suhbat chog‘ida muhokama qildilar, dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki. Bayden, shuningdek, Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bayden Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi

AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi va uni yozda Vashingtonga taklif qildi. Bu haqda AQSh rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Zelenskiy Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini istamoqda

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qat’iyat bilan NATOga a’zo bo‘lishni so‘ramoqda.

Zelenskiy jurnalistlar uchun kabob pishirdi (FOTO)

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar uchun kabob pishirdi. Instagramda Ukraina Jurnalistlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tabiatdagi norasmiy uchrashuvdan olingan fotosuratlar joylashtirildi.