Bayden va Zelenskiy qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Bayden va Zelenskiy qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Iyul oyi oxirida Vashingtonda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Amerika rahbari Jo Bayden o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba aytib o‘tdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Ukraina 24" telekanali efirida vazir bu Zelenskiyning Ukrainadan kelgan katta delegasiyaning AQShga rasmiy tashrifi bo‘lishini ta’kidladi. Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, keng ko‘lamdagi kun tartibi rejalashtirilgan. Ukraina rahbarining tashrifi allaqachon tayyorlanmoqda, "dasturning asosiy elementlari" ustida ish olib borilmoqda. "Va eng muhimi, biz allaqachon asosiy kelishuvlar ustida ishlayapmiz", deb xulosa qildi Dmitriy Kuleba.

Avvalroq, Ukrainaning sobiq prezidenti va Yevropa birdamligi partiyasining rahbari Pyotr Poroshenko amaldagi davlat rahbari Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Jozef Baydenning Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvini tashkillashtirishda shaxsan o‘z hissasini qo‘shganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!