Supermarket yonidagi janjal: 29 yoshli yigit granata uloqtirdi

Supermarket yonidagi janjal: 29 yoshli yigit granata uloqtirdi

29 yoshli ukrainalik yigit Xarkovdagi supermarket yonida bir guruh yoshlar bilan janjallashib qoldi. So‘ng ularga qarshi jangovar granata uloqtirgandan so‘ng, besh kishi jarohat oldi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, 16 yoshdan 33 yoshgacha bo‘lganlar ishtirok etgan janjal uy sharoitida yuz bergan. Mojaro paytida ukrainalik yigit to‘satdan RGD-5 granatasini uloqtirgan. Raqiblari qattiq jarohat olan va zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi.

Qayd etilishicha, portlash vaqtida supermarket yonida kichik bola bo‘lgan. U qo‘rqib ketgan, turar-joy binolari hovlisiga yugurgan va shahar aholisidan tez yordam chaqirishni iltimos qilgan. Ko‘p o‘tmay, granata uloqtirgan yigit hibsga olingan, u mojaro paytida mast bo‘lganmi yoki yo‘qmi, ekspertlar aniqlamoqda.

Ayni paytda voqea sodir bo‘lgan joyda tergovchilar, sud ekspertlari va portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar ishlamoqda. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida hali xabar berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!