Donald Tramp
Tramp Baydendan Putin bilan uchrashganda uxlab qolmaslikni so‘radi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydendan Rossiya davlati rahbari Vladimir Putinga o‘zining eng ezgu tilaklarini yetkazishni iltimos qildi, deb yozadi TASS.
AQSh 100 ta davlatga Pfizer vaksinasining 500 mln dozasini yubormoqchi
«Biz COVID-19 ni nafaqat o‘z mamlakatimizda, balki hamma joyda tugatishimiz kerak», − dedi Jo Bayden.
Baydenning kelishi arafasida Britaniya yarimorolini maxfiy agentlar egallab oldi
Qo‘shma Shtatlar prezident Jo Baydenning inaugurasiyasidan beri birinchi chet elga tashrifiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda: G7 sammitiga kelish arafasida Britaniyaning Kornuol yarimoroli maxfiy agentlar bilan to‘lib toshdi, deb yozadi Daily Mail.
AQSh Ukrainaga katta miqdorda vaksina yuboradi
AQSh va Ukraina prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy Vashingtonning Kiyevga 900 ming dozali koronavirus vaksinasini yetkazib berish rejalarini telefon orqali suhbat chog‘ida muhokama qildilar, dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki. Bayden, shuningdek, Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bayden Putinga "o‘pkasini bosib olishi kerakligi"ni tushuntirmoqchi
Rossiyadan "zararli harakatlar" davom etaversa, Vashington qasos oladi. Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Amerika rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda ushbu masalani ko‘tarmoqchi.
Bayden Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi
AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi va uni yozda Vashingtonga taklif qildi. Bu haqda AQSh rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.
Zelenskiy: "Bayden Putin bilan uchrashishidan oldin men bilan maslahatlashishi kerak"
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvidan oldin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan "dunyoning istalgan nuqtasida" uchrashishga tayyorligini bildirdi. Uning fikricha, janob Bayden u bilan maslahatlashmasdan xato qilyapti.
Bayden: "Bozor qoidalarini Xitoy tuzmasligi kerak"
AQSh prezidenti Jo Bayden "bozor demokratiyalari" 21-asrda global savdo va texnologiya qoidalarini belgilashi kerak deb hisoblaydi. U bu qoidalarni Xitoy ishlab chiqmasligi kerakligini aytdi.
Xitoy koronavirusni tarqatgani uchun kamida 10 trillion dollar to‘lashi kerak — Tramp
Qo‘shma Shtatlarning 45-prezidenti Donald Tramp Xitoy koronavirus tarqalishi uchun kamida 10 trillion dollar to‘lashi kerakligini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, bu ham hali juda kam.
Tramp: "Kim Chen Inga Baydenning tishi o‘tmaydi"
"AQSh prezidenti Jo Bayden Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan til topishmaydi", dedi AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning o‘zi Shimoliy Koreya rahbari bilan yaxshi munosabatda bo‘lganligini aytdi.
Donald Tramp Sukerbergga jiddiy ayblov qo‘ydi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Facebook rahbari Mark Sukerbergni so‘z erkinligi to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda aybladi va uning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntining muzlashini tanqid qildi, deb yozadi RIA Novosti.
Facebook Donald Trampning ijtimoiy sahifalarini bloklab qo‘ydi
Facebook ikki yilga AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlarini bloklab qo‘ydi.