Tramp Baydendan Putin bilan uchrashganda uxlab qolmaslikni so‘radi

Tramp Baydendan Putin bilan uchrashganda uxlab qolmaslikni so‘radi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydendan Rossiya davlati rahbari Vladimir Putinga o‘zining eng ezgu tilaklarini yetkazishni iltimos qildi, deb yozadi TASS.

"Baydenga Putin bilan muloqot qilishda omad tilaymiz, uchrashuvda uxlamang va iltimos, unga mening eng yaxshi tilaklarimni yetkazing", - deya ta’kidladi Tramp. U ilgari Baydenning uchrashuvlardan birida uxlab qolganiga ishora qildi.

Trampning ta’kidlashicha, uning 2018 yilda Xelsinkida Rossiya prezidenti bilan uchrashuvi "juda zo‘r va samarali" bo‘lgan. Amerikaning avvalgi rahbari, Qo‘shma Shtatlar ommaviy axborot vositalarining da’volaridan farqli o‘laroq, "sammitda juda ko‘p yutuqlarga erishganiga, shu jumladan Prezident Putin va Rossiyaga bo‘lgan hurmatiga" ishonch bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!