Bayden: "Bozor qoidalarini Xitoy tuzmasligi kerak"

Bayden: "Bozor qoidalarini Xitoy tuzmasligi kerak"

AQSh prezidenti Jo Bayden "bozor demokratiyalari" 21-asrda global savdo va texnologiya qoidalarini belgilashi kerak deb hisoblaydi. U bu qoidalarni Xitoy ishlab chiqmasligi kerakligini aytdi.

“Bryusselda men Yevropa Komissiyasi va Yevropa Kengashi rahbarlari bilan uchrashib, AQSh va Yevropa global muammolarda qanday qilib yaqin hamkorlik qilishi mumkinligini muhokama qilaman. Biz "bozor demokratiyalari"ning 21-asr savdo va texnologiyasi qoidalarini qanday qilib ishlab chiqishga e’tibor qaratamiz. Buni Xitoy qilmasligi kerak. Biz birlashgan, erkin va tinch Yevropani yaratishga intilishda davom etamiz”, - deyiladi Baydenning The Washington Post'dagi maqolasida.

Evropada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti qiyinchiliklarga qarshi turish imkoniyatlarini namoyish qilmoqchi. Ular orasida pandemiya, iqlim inqirozi, Rossiya va Xitoyning faolligi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!