Qashqadaryo

Yakkabog‘da 13 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Mazkur YTH yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda.

Qashqadaryoda ommaviy mushtlashuv: sababi tushunarsiz

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuz bergan vaqtda shu yerda bo‘lgan barcha shaxslar bilan tergov harakatlari olib borimoqda.

Kitob tumanida 7 qavatli uylar quriladi. Uylarning narxi qancha?

Kitob tumanida dastlabki zamonaviy ko‘rinish va qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uylar qurilishi boshlanadi.

G‘uzorda 15 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yil 26 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ota 15 yashar qizini zo‘rlagan shaxs ochiqda yurganidan shikoyat qilmoqda” sarlavhali xabarga Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi. Bu haqda "nnews.uz" sayti xabar berdi.

Shamol tufayli Muborak tumanidagi uylar tomsiz qoldi (FOTOFAKT)

Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inidagi bir nechta uylar shamol oqibatida tomsiz qoldi.

Shahrisabzda mahalla kotibi firibgarlik qildi

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan G.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kitobda haydovchining e’tiborsizligi oqibatida 2 yoshli go‘dak hayotdan ko‘z yumdi

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Qashqadaryodagi ko‘pqavatli uyga kirib olgan ilon tutildi

Voqea Qarshi shahridagi 5 mikrorayonda kuzatilgan. A.X. ismli fuqaro viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida ma’lum qilgan.

Dehqonoboddagi ko‘prik foydalanish uchun xavfli bo‘lib qoldi (FOTO)

Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov seldan zararlanishi oqibatida foydalanish uchun xavfli ko‘rinish kasb etayotgan ko‘prik holatini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib, "nnews.uz" xabar bermoqda.

Qashqadaryolik fermerning piyoz ekilgan yeri IIB xodimlari tomonidan payhon qilindi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida fermerning bir gektar maydondagi piyozi payhon qilingan. Bu haqda «Daryo»ga shikoyat qilgan fermer xo‘jaligi rahbari Murodilla Xudoynazarovning aytishicha, voqea 21 may kuni sodir bo‘lgan.

Chiroqchida uyida 836 tup og‘u "parvarishlagan" shaxs qo‘lga olindi

B. R. o‘zining yashash xonadoni hovlisida 450x150 sm2 o‘lchamdagi yer maydoniga 836 tup, og‘irligi 9 kilo 330 gramm bo‘lgan “Opiyli ko‘knori” giyohvand o‘simligini noqonuniy ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi fosh etildi.

Koronavirus! Qashqadaryo hokimi aholiga murojaat qildi

Qashqadaryo viloyati hokimi voha aholisiga karantin qoidalari qat’iy rioya qilishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.