Shahrisabzda mahalla kotibi firibgarlik qildi

Shahrisabzda mahalla kotibi firibgarlik qildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar “Uychilik” MFYda yashovchi Q.Z 2020 yil 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga murojaat qiladi.

U o‘z murojaatida Shahrisabz shahar “Uychilik” MFYda yashovchi, “Uychilik” MFY mas’ul kotibi vazifasida ishlovchi G.D. 0-14 yoshgacha bolalar nafaqasini o‘zaytirib berishni va’da qilganini yozadi. Buning  evaziga 300.000 so‘m berishni talab qilib, nafaqa pulini uzaytirib bermayotganligi sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

G.D, Z.Qning qayinsinglisi Shahrisabz shahar “Uychilik” MFYda yashovchi B.Nning ham ishonchiga kirib, unga 0-14 yoshgacha bola parvarishi uchun tayinlangan nafaqa pulini o‘zaytirib berishini va’da qilib, evaziga 181.000 so‘m berishni talab qilib, 11.04.2020 yil N.B.ning bank plastik kartochkasida bo‘lgan 181.000 so‘m pullarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan G.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!