Yakkabog‘da 13 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Yakkabog‘da 13 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 30 may kuni soat 19:50 larda, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Nurafshon MFY hududidan o‘tuvchi 4K-319 “Tanxoz-Yakkabog‘-Esat-Qozok” avtomobil yo‘lining 6 km.da haydovchi, 2001 y.t. B.R. (erkak) “Kombi-Moskvich-IJ” rusumli transport vositasini Yakkabog‘ shahri yo‘nalishi tomon boshqarib borayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 2007 y.t. G‘.T.ni urib yuborib, yo‘lning chap tomonidagi kanalga ag‘darilib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda 13 yoshli G‘.T. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!